|
Polimerlarning suyultirilgan eritmalari. Ma
|
bet | 12/13 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #125115 |
Bog'liq 5-MA\'RUZA-1Polimerlarning suyultirilgan eritmalari. Makromolekulalari eritmada o’zaro to’qnashmaydigan polimer eritmalari suyultirilgan eritma deb qabul qilingan. Polimer molekulasi uzun va qayishqoq bo’lganligi uchun molekulyar massaning o’sib borishi bilan ularning ma’lum hajmda bir-birlari bilan to’qnashishlar soni ortib boradi. Shuning uchun polimer eritmalarini suyultirish va konsentrlash chegarasi molekulyar massaga bog’liq. Molekulyar massa qancha katta bo’lsa, polimer suyultirilgan eritmasining konsentratsiyasi shuncha kichik bo’ladi. Amalda 0,1-0,01 foizli polimerlar eritmalari suyultirilgan eritma hisoblanadi. Polimerlarning suyultirilgan eritmalarini tekshirish bilan polimer makromolekulasi shaklini aniqlash, ularning tarmoqlanish darajasi va xarakteri to’g’risida ba’zi ma’lumotlarni olish mumkin. Makromolekula zanjirining uzayib borishi unda yangi sifatning paydo bo’lishiga makromolekula qayishqoqligiga olib keladi. Hatto uzunligi katta bo’lmagan molekulalarga ayrim atom gruppalarning valent bog’lanishi atrofida aylanishi juda ko’p miqdorda ayrim tipdagi stereoizomerlarning paydo bo’lishiga olib keladi va ular aylanma izomerlar deyiladi. Issiqlik harakati ta’sirida molekulaning ayrim qismlarining bunday aylanishi amaliy jihatdan atomlararo masofani va valent burchaklarni o’zgartirmasdan amalga oshadi. Uzunligi etarlicha katta bo’lganda makromolekula asta-sekin har xil shakllarni, ya’ni cho’zinchoq va tugunchasimongacha bo’lgan shakllarni olishi mumkin.
Tartibsiz issiqlik harakati natijasida paydo bo’lgan polimer
zanjirlarning bunday aylanma izomerlari makromolekullarning konformasiyalari deb ataladi. Bir vaqtning o’zida makromolekulalar elementar zvenosining tuzilishi, kimyoviy tarkibi bir xil bo’lishiga qaramay, atomlarning o’zaro fazoviy joylanishi bilan farq qilishi mumkin.
Strukturadagi fazoviy farqning bunday turi konfiguratsiya deb ataladi. Masalan. Stereoregulyar poliizopren Sis- (tabiiy kauchuk) va trans- (guttapercha) strukturalariga ega bo’lishi mumkin. Kauchuk va guttapercha mexanik xossalariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Kauchuk o’z-o’zidan sis- shakldan trans- shaklga o’ta olmaydi.
|
| |