• Plastmassalar.
  • Lak va bo’yoq materiallar.
  • Yuqori molekulyar birikmalarningn qurilish va boshqa sohalarda ishlatilishi




    Download 0,89 Mb.
    bet13/13
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,89 Mb.
    #125115
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    5-MA\'RUZA-1
    Maqola va uing turlari, NUTQ MADANIYATI VA ADABIY TIL ME’YORLARI, 4.Kurs ishi - копия - копия - копия (70), курс иши, Doc1, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, 9.ENERGOMENEJMENT, 11.JAMOAT BINOLARIDA ENERGIYANI TEJASH, 2 5404804334393229791 010818181524, Xalilova Surayyo, Akademik yozuv (3), ADABIYOT, Arduino nima, Laboratoriya ishi, Автоматлаштиришда қўлланиладиган пакетлар фанидан маърузалар матни
    Yuqori molekulyar birikmalarningn qurilish va boshqa sohalarda ishlatilishi
    Hozirgi kunda xalq xo’jaligining polimer-plastmassa materiallari ishlatilmaydigan sohasini topish amri mahol. Jumladan, medisina, mashinasozlik, uy-joy qurilishi, aviasozlik, elektroenergetika kabi sohalarda roli katta bo’lmoqda. Quyida polimer-plastmasalarning qurilish va boshqa sohalara ishlatilishi haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
    Plastmassalar. Qurilishda ishlatiladigan plastmassalar murakkab kompozision material bo’lib, odatda tarkibida polimer bog’lovchi material, mayda-tuyilgan to’ldirgich, stabilizator, plastifikator, qotiruvchi va boshqalar bo’ladi. Maxsus qo’shimchalar qo’shib-plastifikatorlar-plastmassaga ishlov berib yaxshilanadi, mo’rtligi kamaytiriladi, deformatsiyasi yaxshilanadi. Stabilizator qo’shimchalar-plastmassani ishlatish davomida o’z xossalarni saqlab qolishga yordam beradi. Qotiruvchilar-polimer qotishini tezlashtirib, 3 o’lchamli struktura hosil qiladi. Pigment qo’shib har xil rangdagi polimer materiallar olish mumkin. Yonishga qarshiligini oshirish uchun antipirenlar qo’shiladi. Zichligi kichik bo’lishiga qaramay mustahkamligi yuqori bo’lganligi uchun plastmassalardan effektiv konstruksiya va buyumlar olish mumkin. Prlastmassalar issiqlikni va elektr tokini yomon o’tkazadigan material. Ko’p plastmassalar kislota ishqor va boshqa reagentlarga ham chidamli. Ko’p plastmassalar suvni o’tkazmaydi shuning uchun ulardan tombop, gidroizolyasion material va quvurlar olish mumkin. Tarkibida to’ldirgich va pigment bo’lmagan plastmassalar shaffof bo’ladi. Ishqalanishga mustahkamligi yuqori bo’lganligi uchun ulardan pol olishda ham ishlatiladi. Ularga ishlov berish oson, elimlash, payvandlash mumkin.
    Plastmassalarning kamchiligi - issiqga chidamliligi past, temperatura ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsenti katta, yaxshi yonishi, alanga ta’sirida strukturasining o’zgarishi, ba’zi plastmassalarni atrofga zaharli hid va moddalar chiqarishi, quyosh nuri va kislorod ta’sirida tez eskirishidir. Polimer qurilish materiallari va buyumlari polimer moddani turiga, ishlatish joyiga qarab sinflarga bo’linadi.
    Ishlatilish joyiga qarab devorbop materiallar, yuk ko’taruvchi konstruksiyalar (pol uchun), devorlarni bezash uchun,-tombop; -gidroizolyasion; -zichlashtiradigan (germetizatsiya) -issiqdan muhofaza qiladigan (teploizolyasion). -tovush o’tkazmaydigan; -quvurbop; -sanitar-texnik buyumlar uchun; -lok-bo’yoq, yelim uchun ishlatiladi. Fizik holatiga qarab bikr, yarim bikr, yumshoq va elastik plastmassalarkabi turlarga bo’linadi.
    Bikr plastmassaga fenoplast, aminoplastlar; Yarim bikr plastmassaga poliamidlar, polipronilenlar; yumshoq bikr plastmassaga polivinilatsetat, polietilenlar; elastik plastmassalarga esa har xil kauchuklarni kiritish mumkin. Plastmassa ishlab chiqarish uchun 2-4 marta kam kapital mablag’ sarflanadi. Har bir tonna plastmassa xalq xo’jaligida 5,6 tonna po’lat, 3,4 tonna rangli metall, kapital mablag’ va ish-mehnat sarfini iqtisod qilishga yordam beradi.
    Lak va bo’yoq materiallar. Bog’lovchi moddalar pigment zarralarini o’zaro hamda bo’yoq pardasi surilgan yuza bilan bir-biriga yopishtirish uchun xizmat qiladi. Bog’lovchi moddalar uch gruppaga bo’linadi:
    1. Moyli-olif bilan laklardan olinadi;
    2. Yelimli-yelim bilan suvdan foydalanib tayyorlanadi;
    3. Emulsiyali-emulgatorlar ishtirokida moy bilan suvni aralashtirib olinadi.
    Download 0,89 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqori molekulyar birikmalarningn qurilish va boshqa sohalarda ishlatilishi

    Download 0,89 Mb.