• Yuqori molekulyar birikmalarning xossalari Polimerlarni kimyoviy modifikasiyalash.
  • 5-ma’ruza. Mavzu: elektrokimyoviy jarayonlar. Galvanik elementlar. Metallar korroziyasi. Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha




    Download 0,89 Mb.
    bet11/13
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,89 Mb.
    #125115
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    5-MA\'RUZA-1

    Polikondensatlanish reaksiyalari. Polikondensatlanish reaksiyasi deb- ko’p sonli monomerlarni birikishi natijasida polimer hosil bo’lishi va past molekulali birikma (suv, spirt, ammiak, HCl va boshkalar) ajralib chiqishi bilan boradigan jarayonga atiladi. Polikondensatsiya reaksiyasiga kirishish xususiyatiga ega bo’lgan funksional guruhlar: Gidrooksil - OH, karboksil - COOH, amin - NH2, guruhlari bo’lgan moddalar kirisha oladi.
    HOOC-R-COOH + H2NR’NH2  HOOC-R-COHN-R’NH2 +H2O
    Yuqori molekulyar birikmalarning xossalari
    Polimerlarni kimyoviy modifikasiyalash..
    Polimerlarga xos reaksiyalar faqat ularning modifikatsiyalash uchun qo’llanmasdan, balki polimerlarning tuzilishini o’rganish uchun ham ishlatiladi. Masalan, sirka angidrid ta’sirida makromolekulasini atsetillash natijasida atsetilsellyuloza olinadi. Birinchidan, bu reaksiya yordamida sellyuloza makromolekulasidagi gidroksil gruppalarning soni aniqlansa, ikkinchidan, hosil qilingan etilsellyulozadan to’qimachilik va engil sanoatda ishlatiladigan sun’iy tola, plyonka va plastmassa detal va buyumlar tayyorlanadi. Polimerlarning kimyoviy o’zgarishlari to’rt turga ajratiladi:
    1. Polimeranologik o’zgarishlar. Bunda polimer funksional guruhlari boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishib yangi modda hosil qiladi.
    2. Makromolekula ichida funksional guruh hisobida boradigan reaksiyalar.
    3. Makromolekulalararo boradigan reaksiyalar. Bunda ko’ndalang bog’ hosil bo’lishi natijasida makromolekulalar tikilib oladi. Texnikada bunday reaksiyalar vulqonlanish, oshlash va harorat ta’sirida qotish jarayonlari deyiladi.
    4. Makromolekulalar zanjirining kamayishi bilan boradigan reaksiyalar, buni destruksiya reaksiyalari deb aytishadi.
    Polimerlarning erish qobiliyati. Yuqori molekulyar birikmalar yoki polimerlar eritmalari, deb shunday eritmalarga aytiladiki ular makroskopik jihatdan bir, ikki va ko’p komponentli termodinamik muvozanat sistema bo’lib, tarkibida bir va undan ortiq yuqori molekulyar birikma va past molekulali erituvchi yoki erituvchilar aralashmasidan tashkil topgan bo’ladi.
    Polimerlarni olish, ularni qayta ishlash hamda tayyor mahsulot olish hozirgi zamon texnologik jarayonlari polimerlar eritmalarini olish va ulardan foydalanishga asoslangan.
    Yuqori molekulyar birikmalar eritmasining hozirgi zamon nazariyasi amorf polimerlarning jarayonini (quyi) molekulyar suyuqliklarning o’zaro aralashish jarayoni kabi deb qaraladi. Quyi molekulyar ikki suyuqlikning aralashish jarayoni va polimerning erishi orasidagi o’xshashlik yuzaki emas, ular bir-biriga o’xshaydi, lekin chiziqsimon polimer quyi molekulyar moddalarning erishiga nisbatan, erishdan avval bo’kadi.

    Download 0,89 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza. Mavzu: elektrokimyoviy jarayonlar. Galvanik elementlar. Metallar korroziyasi. Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha

    Download 0,89 Mb.