IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
-
Xalq amaliy san`atining qaysi turlarini bilasiz?
J:Zardo`zi, quroq, kashtachilik, do`ppido`zlik.
-
Zardo`zlikning kelib chiqish vatani qayer hisoblanadi?
J:Barcha sharq mamlakatlari.
3.Qadimda zardo`zlik qayerlarda ishlatilgan?
J:Vavilonda,Vizantiyada, Rim imperiyasida, ironda, sharq mamlakatlarida faqat imperatorlar va aslzodalr uchun tikilgan.
4.Qanday zardo`zi buyumlarni bilasiz?
J:To`nlar, kelinlar ust kiyimi, do`ppisi, oyoq kiyimi, bezak yostiqlar,yelpig`ichlar, choynak yopgich hokozolar.
5.Zardo`zlikda qanday iplardan foydalaniladi?
J:Rangli va rangsiz zar iplar ishlatiladi.
6.zardo`zlikda qanday gazlamalardan foydalaniladi?
J:Bo`z, chit, barxat, velvur.
7.Buyumlarni bezash uchun nimalar ishlatiladi?
J:Munchoqlar, pistonlar bisserlar bezak lentalar.
V. Darsga faol qatnashgan o`quvchini rag`batlantirish va baholash. “5” “4” ‘’3’’
VI.Uyga vazifa.
1.Zardo`zlik boyicha olgan bilimlaringizni daftarga tushurib kelish.
2.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzib kelis. VII.Ish o`rnini yig`ishtirish.
6- sinf. Sana
Mavzu:Zardo'zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish. Ish o'rnini tashkil qilish
Mavzu
|
Zardo'zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish. Ish o'rnini tashkil qilish
|
Maqsad va vazifalari
|
Maqsad: Zardo'zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish usullarini o`rgatish. Ish o'rnini tashkil qilish tartibini o`rgatish.
Vazifalar: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, o`zlashtirtishlarini nazorat qilish hamda bilim, ko`nikma, malakasini tekshirib baholash.
|
O`quv jarayoninig mazmuni
|
O`zbek milliy urf odatlari qadriyatlari xalq amaliy san`ati va bezaklari xalq hunarmandchiligi ,bizgacha etib kelgan meroslar haqida tushuncha berish. Zardo'zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish ketma ketligi haqida tushuncha berish. Ish o'rnini tashkil qilish tartibini o`rgatish.
|
O`quv jarayoning bajarilishining mazmuni
|
Uslub: og`zaki bayon, interfaol usulidan, yangi ped texnologiyalardan foydalanish, kim yepchilu kim chaqqon, insert metodlari
Shakli: suhbat , bahs munozara olib borish, yakka tartibda, guruhlarda, ishlash
Vosita: tarqatma materiallar, multemediya, rangli rasmlarlardan foydalanish,mavzu uchun kerakli buyumlar jihozlar.
Nazorat:Og`zaki savol javob tarqatma testlar
Baholash:Rag`batlantirish, baholash 5 ballik tizim asosida
|
Kutiladigan natija
|
O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishiladi, o`quvchilarning turli texnoligiyalar asosida yangi bilimlarga qiziqishini oshiradi.
O`quvchi: yangi bilim ko`nikma ,malakaga ega bo`ladi guruhlar bilan ishlashni o`zgalar fikrini hurmat qilishni urganadi
|
Kelgusi rejalar tahlili
|
O`qituvchi: O`z ustida ishlaydi, pedagogik mahoratini yanada oshirish uchun izlanadi.
O`quvchi: O`z fikrini guruhlar o`rtasida to`liq bayon qilishni hamda yangi mavzu qiziqishlari bo`yicha izlanish olib boradi. Amaliy mashg`ulotni hayotda qo`llay oladi
|
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga zardo'zlikda ishlatiladigan naqsh turlari, kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish hamda ish o'rnini tashkil qilish yuzasidan bilimlar berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat hissida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda zardo'zlikda ishlatilgan turli shablon naqshlari va gazlama ranglarni turli xil zamonaviy buyumlarda qo’llash bo’yicha bilimlarini rivojlantirish.
Dars tipi:Yangi bilim berish, bilimlarni mustahkamlovchi.
Dars turi: nazariy, amaliy.
Dars uslubi: guruhlarda ishlashda, “aqliy hujum”,”Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”,”B|B.x|B.o”, insert metodlaridan foydalanish.
Dars jihozi va ko`rgazmasi: Kompyuter, darslik, mavzu bo`yicha multimediya, rangli rasmlar amaliy mashg’ulot uchun kerak bo’ladigan shablon hamda materiallar.
Fanlararo bog`liqligi: matematika, chizmachilik, iqtisod va boshqa fanlar
№
|
Dars bosqichlari
|
vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
4
|
2
|
O`tilgan mavzuni so`rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15
|
4
|
Amaliy mashg`ulot
|
43
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10
|
6
|
O`quvchilarni rag`batlash
|
3
|
7
|
Uyga vazifa
|
3
|
8
|
Ish o`rnini yigi`shtirish
|
2
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)Darsga tayyorgarlikni tekshirish.
d)O`quvchilar diqqatini darsga qaratish.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash. Uyga vazifani so`rash.
a)Savol –javob o`tkazish.
b)Topshiriqlarni tekshirish.
O`quvchilar guruhlarga ajratiladi.Guruh sardorlari va nomlari aniqlanadi.
1.Guruhga: Zardo`zlik ustalaridan kimlarni bilasiz?
Usta Omon Majidov, shoir Fitrat.
2. Guruhga:O`zbekistonning qaysi viloyatida zardo`zlik keng rivojlangan?
Buxoro.
3.Guruhga:zardo`zlikda ishlatiladigan asbob uskunalar.
Guruhga:zardo`zlikda qanda gazlamalardan foydalaniladi?
O`quvchilar baholanadi.
“5” “4” “3”
III.Yangi mavzu bayoni.
Zardo'zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Xalq amaliy bezak san’atida, jumladan, zardo’zlikda ham naqshlar muhim o’rin tutadi. Chunki, zardo’zlik xalq amaliy san’atining qo’l choklari orqali hosil qilingan naqshlar asosida badiiy ishlov berish turidir.
«Naqsh» arabcha so’z bo’lib, «gul», «tasvir» degan ma’nolarni anglatadi. Naqsh - qush, hayvon, o’simlik, novda va boshqa elementlarning ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Naqsh elementlari tabiatdan to’g’ridan- to’g’ri olinmasdan, qayta ishlash asosida hosil qilinadi. Qayta ishlash - o’simlik va xayvonot dunyosidagi tabiiy shakllarni ramziy shakllarga aylantirishdir.
O’zbek xalq amaliy bezak san’atida ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko’ra quyidagi to’rt guruxga ajratiladi:
1.Islimi (o’simliksimon) naqshlar - egri chiziqli o’simlik elementlaridan iborat.
2.Geometrik (girix) naqshlar - to’g’ri chiziqli elementlaridan tashkil topgan.
3.Murakkab (gulli girix) naqshlar - islimi va girix elementlarining chatishmasidan iborat.
4.Ramziy naqshlar (hayvonot va odamzot olamidagi shakllarni qayta ishlab hosil qilingan naqshlar)
Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish. Zardo’zlik texnologiyasiga ko’ra islimi naqshlar guldo’zi usulida, geometrik naqshlar esa zamindo’zi usulida hosil qilinadi. Murakkab naqsh turlarida esa ikkala tikish usulidan ham foydalaniladi. Guldo’zi tikish usullarida zar ip kartondan qirqilgan gul naqshlari ustidan tikiladi.
Qog’ozga chizilgan naqshlar kartonga axta usulida ko’chirilgan. Axta yordamida naqshlarni ko’chirishda yupqa shaffof xitoy qog’ozi naqshlaridan yuzaga qo’yilib, o’lchab olinadi va shu yuzaga mos axta tayyorlanadi, ya’ni naqshning yarim yoki chorak qismi (agar naqsh simmetrik bo’lmasa, u holda naqsh butun holatda) qog’ozga yumshoq qora qalam bilan chiziladi. Shaffof qog’oz simmetrik o’qlar bo’yicha ikki, to’rt va undan ortiq bo’laklarga buklanadi. Buklangan qog’oz yostiqcha ustiga qo’yiladi va naqsh chiziqlari ustidan igna bilan teshib chiqiladi. Teshilgan nusxa aniq va ravshan ko’rinishi uchun teshikchalar oralig’i naqsh nusxasining yirik yoki maydaligiga qarab belgilanadi. Nusxa qanchalik mayda bo’lsa, teshikchalar oralig’i shuncha yaqin bo’lishi kerak. Shundan so’ng shaffof qog’oz yoyib yuboriladi va butun naqsh nusxasi hosil bo’lgani ko’zga tashlanadi. Nusxa naqsh tushiriladigan karton yuzasiga yoyilib, uning ustidan xoka bilan yengil bosib yurgiziladi, natijada naqsh nusxasi kerakli yuzaga o’tadi. Xoka izlari o’chib ketmasligi uchun darhol uning ustidan qalam yoki mo’yqalam bilan yurgiziladi. Xoka tayyorlashda maydalangan pista ko’mir, bo’r kukuni yoki belil poroshogi yupqa mato yoki ikki qavat dokaga solinib xalta xolida tugiladi.
Endilikda zardo’zlikda bu usulni bir oz o’zgartirgan holda qo’llaydilar. Ular gazeta bo’yog’i bilan solyarka moyini aralashtirib, yumshoq lattaga shimdirishadi. Axta tushirilgan yupqa shaffof xitoy qog’ozi («kalka» ham deyiladi) naqsh tushirilgan karton yuzasi qo’yiladi va ustidan buyum bostirib qo’yiladi. Sababi, axta surilib, naqsh nusxasi sifati buzilmasligi kerak. So’ng moy shimdirilgan latta naqsh nusxasi ustidan sekin-asta yurgiziladi. Shundan so’ng naqsh nusxasi karton ustida mayda-mayda yog’ dog’lari shaklida hosil bo’ladi. Xokadan ko’ra moyli lattaning afzalligi shundaki, uning izlari tezda o’chib ketmaydi. Naqshlarni qirqishda oddiy qaychilardan foydalanish qiyin bo’ladi. Shuning uchun o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan tuyabo’yin qaychidan foydalaniladi. Bu qaychining tuzilishi xaqiqatdan tuyaning bo’yniga o’xshab ketadi. Bunday qaychi bilan naqsh qirqayotganda qaychi kartonning tagida turadi. Qirqayotganda asoan qaychini emas, balki naqsh kompozisiyasi tushirilgan kartonni yurgazish kerak, shundagina qaychi bilan qirqayotgan chiziqlar tekis chiqadi. Naqshlarni qirqish avvalo ularning ichini «kovlab olishdan» boshlanadi. Chunki gullarning ichi eng kichik qirqiladigan yuzalar hisoblanadi. Bu yuzalar qirqib olingach, so’ng ular atrofidagi nokerak yuzalar qirqib olinadi. Gullarni qirqayotganda qirqish chiziqlariga e’tibor berish kerak, aks holda, ularning ko’rinishi buzilishi mumkin, bu esa zardo’zi buyumining sifatiga katta ta’sir etadi.
Ish o'rnini tashkil qilish. Zar tikish qulay bo’lishi, tikuvchini charchatmasligi uchun, ish o’rnini to’g’ri tashkil etish, mehnat qilishning muayyan qoidalariga rioya etish kerak. Asbob va moslamalar qo’yiladigan stol ustidagi ishga yorug’lik chap tomondan tushadigan holatda turish kerak. Agar stolda yashikcha bo’lsa, unda ip maxsus xaltada, asboblar yashikchada turadi. Gavda holatiga ahamiyat berib, bukchaymay, boshni juda pastga egmasdan o’tirish kerak. Ish vaqtida gavda biroz oldinga engashgan bo’lishi, ko’z bilan ish o’rtasidagi oraliq 25-30 sm dan oshmasligi lozim.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Kim yepchil-u, kim chaqqon metodidan foydalaniladi. Bunda qaysi guruh birinchi tayyor bo`lsa, savolga to`g`ri to`liq javob bersa g`olib sanaladi. Baholash diagrammasi bo`yicha baholanadi.
1- guruhga
-
Naqsh so`zining ma`nosi nima va unga ta`rif bering.
«Naqsh» arabcha so’z bo’lib, «gul», «tasvir» degan ma’nolarni anglatadi. Naqsh - qush, hayvon, o’simlik, novda va boshqa elementlarning ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Naqsh elementlari tabiatdan to’g’ridan- to’g’ri olinmasdan, qayta ishlash asosida hosil qilinadi. Qayta ishlash - o’simlik va xayvonot dunyosidagi tabiiy shakllarni ramziy shakllarga aylantirishdir.
2.Ish vaqtida gavdani qanday holda tutish kerak?
Ish vaqtida gavda biroz oldinga engashgan bo’lishi, ko’z bilan ish o’rtasidagi oraliq 25-30 sm dan oshmasligi lozim.
2-guruhga
1. O’zbek xalq amaliy bezak san’atida ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko’ra necha guruxga ajratiladi va ularning nomlanishi hamda ta`riflanishi.
1.Islimi (o’simliksimon) naqshlar - egri chiziqli o’simlik elementlaridan iborat.
2.Geometrik (girix) naqshlar - to’g’ri chiziqli elementlaridan tashkil topgan.
3.Murakkab (gulli girix) naqshlar - islimi va girix elementlarining chatishmasidan iborat. 4.Ramziy naqshlar (hayvonot va odamzot olamidagi shakllarni qayta ishlab hosil qilingan naqshlar) 2.Naqsh matoga qanday ko`chiriladi? Naqsh matoga kalka qog`oz yordamida ko`chiriladi
3. kartonga naqshlar nima yordamida ko`chiriladi?
Shaffof yani (kalka) qog`oz yordamida ko`chiriladi.
4.Ko`z bilan ish jarayoning orasidagi masova qancha bo`lishi kerak.
.
V.Darsga faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi va baholanadi.
“5” “4” “3”
VI.Uyga vazifa.
1.Zardo`zlik naqshlariga oid zamonaviy naqshlar chizib kelish.
2.Mavzu bo`yicha tushunchalarni daftarga tushurib kelish.
VII.Ish o`rnini yig`ishtirish.
6- sinf. Sana.
Mavzi: Bo'zni korcho'pda taranglab tortish. Zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish.
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Bo'zni korcho'pda taranglab tortish. Zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish.
|
Maqsad va vazifalari
|
Maqsad: Bo'zni korcho'pda taranglab tortish tartibini va Zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o`quvchilarga o'rgatish.
Vazifalar: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, o`zlashtirtishlarini nazorat qilish hamda bilim, ko`nikma, malakasini tekshirib baholash.
|
O`quv jarayoninig mazmuni
|
O`zbek xalq amaliy san`ati va bezaklari xalq hunarmandchiligi ,bizgacha etib kelgan meroslar haqida tushunchasini kengaytirish. O’quvchilarga bo'zni korcho'pda taranglab tortish, zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish.
|
O`quv jarayoning bajarilishining mazmuni
|
Uslub: og`zaki bayon, interfaol usulidan, yangi ped texnologiyalardan foydalanish, kim yepchilu kim chaqqon, insert metodlari
Shakli: suhbat , bahs munozara olib borish, yakka tartibda, guruhlarda, ishlash, amaliy mashg`ulot
Vosita: tarqatma materiallar, multemediya, rangli rasmlarlardan foydalanish,mavzu uchun kerakli buyumlar jihozlar.
Nazorat:Og`zaki savol javob tarqatma testlar
Baholash:Rag`batlantirish, baholash 5 ballik tizim asosida
|
Kutiladigan natija
|
O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishiladi, o`quvchilarning turli texnoligiyalar asosida yangi bilimlarga qiziqishini oshiradi.
O`quvchi: yangi bilim ko`nikma ,malakaga ega bo`ladi guruhlar bilan ishlashni o`zgalar fikrini hurmat qilishni urganadi
|
Kelgusi rejalar tahlili
|
O`qituvchi: O`z ustida ishlaydi, pedagogik mahoratini yanada oshirish uchun izlanadi.
O`quvchi: O`z fikrini guruhlar o`rtasida to`liq bayon qilishni hamda yangi mavzu qiziqishlari bo`yicha izlanish olib boradi. Amaliy mashg`ulotni hayotda qo`llay oladi
|
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga bo'zni korcho'pda taranglab tortish, zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni zardo’zlik buyum tikish jarayonida ozoda, sifatli va tez ishlashga odatlantirish
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda zardo’zlik buyumlarini tikishda buyum turiga qarab ip rangi va gazlama turini to’g’ri tanlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars tipi:Yangi bilim berish, bilimlarni mustahkamlovchi.
Dars turi: nazariy, amaliy.
Dars uslubi: guruhlarda ishlashda, “aqliy hujum”, bosh qotirma, ”Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”,”B|B|B”, insert metodlaridan foydalanish.
Dars jihozi va ko`rgazmasi: zardo’zlik namunalari tikilgan buklet, plakatlar va slaydlar, kompyuter, o’quv qurollari, korcho’b, zardo’zlik asbob-uskunalari, ish qutichasi, shaffof qog’oz, iplar.
Fanlararo bog`liqligi: matematika, chizmachilik, iqtisod va boshqa fanlar
№
|
Dars bosqichlari
|
vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
4
|
2
|
O`tilgan mavzuni so`rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15
|
4
|
Amaliy mashg`ulot
|
43
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10
|
6
|
O`quvchilarni rag`batlash
|
3
|
7
|
Uyga vazifa
|
3
|
8
|
Ish o`rnini yigi`shtirish
|
2
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c) Darsga tayyorgarlikni tekshirish.
d)O`quvchilar diqqatini darsga qaratish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash. Uyga vazifani so`rash.
a)Savol –javob o`tkazish.
b)Topshiriqlarni tekshirish.
O`quvchilar guruhlarga bo`linadi . Guruh sardori guruh nomini va o`zini tanishtiradi.
Guruhlarga savollar beriladi.
1.Savol. Zardo`zlikda ishlatiladigan asboblarni daraxt barglariga yozing va daraxtni yashillating.
Zap iplar , bezak toshlar va munchoqlar, ko`rchop, maxsus qaychilar, bo`z va mato, patila va boshqalar.
2.Savol zardo`zlikda ishlatiladigan naqsh turlarini daraxt barglariga yozing va darxtni yashillating.
Islimi (o’simliksimon) naqshlar, Geometrik (girix) naqshlar - .
Murakkab (gulli girix) naqshlar Ramziy naqshlar
Shaffof yani (kalka) qog`oz yordamida ko`chiriladi.
3 savol har ikkala guruh ma`lum vaqt ichida zardo`zlikga mos so`zlarni qatnashtirib bosh qotirma tuzing.
4.Savol :Naqshlar matoga qanday usullarda ko`chiriladi?
Shaffof yani (kalka) qog`oz yordamida ko`chiriladi.
5.Patilaning vazifasi nimadan iborat.
Patilaga Zar ip o`raladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Bizga ma`lumki zardo`zlik san`ati milliy xalq hunarmandchiligiga kiradi. Bu hunar bilan azal azaldan ota bobolarimiz shug`illanib kelishgan. Zardo`zlik san`ati bilan ko`proq erkak kishilar shug`llanishgan keyinchalik ayollarimiz ham o`rganisha boshlashgan. Zardo`zlik san`ati bilan XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan mutafakkur shoir Fitratning ham asosiy kasbi zardo`zlik bo`lgan.Zardo`zlik san`ati yurtimizning Buxoro viloyatida keng rivojlangan. Buxoro viloyati - O‘zbekiston respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Zardo`zi ustalardan buxorolik usta Numon Aminov va Usta Xalim, Majidov, Sultonov, aka- uka Xamidovlar, G`aybullayev, Sayfullayev, Ayollardan, Komolova, Samadova, Xamidova, Raxmatova, Yaxyoevalar yaratgan san`at asrlarini hunarmandchiligimizning beqiyos san`at asrlari deb hisoblashimiz mumkin.Ular yaratgan asrlari dunyo bo`lab ko`rgazmalarda namoyish etilgan.Zardo`zi usta No`mon Aminovning “Guri Amir” asari Toshkent xalq amaliy san`at muziyeda saqlanib kelinmoqda.Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli. Biz yaratayotgan har bir buyumga bor mehrimizni berib bajarsak biz ham san`at asrlari yaratishimiz mumkin
Bo'zni korcho'pda taranglab tortish. Tikishga tayyorgarlik chambarakni tayyor holga keltirishdan boshlanadi. Tikishdan ilgari chambarakka bo’zdan qilingan kerish (ta’var) tortiladi. U shunchalik tarang tortilishi kerakki, uning ustiga tashlangan angishvona 4-5 marta sakrashi kerak. Buning uchun chambarakka material (bo’z) tortish qonun - qoidalarini bilish zarur. Bunda,
avvalo chambarakning yog’och dastasi uzunligiga mos keladigan qalin mato(bo’z)dan qolip tikiladi. Bo’z, ya’ni kerish o’lchamlari tikilayotgan buyumning o’lchamlaridan kelib chiqib olinadi. Qolip to’rt tomondan kerishga ulanadi. Qolip o’zgarmaydi, lekin kerish o’zgarib turadi. Chunki kerish tikilayotgan zardo’zi buyumning tagida bo’lib, u bilan birga qo’shib tikiladi va o’sha buyum bilan birga qo’shib qirqib olinadi. Qolipning buklangan tomonlari yog’och dastaga kiygiziladi. Chambarak tortilib, tekis holga keltiriladi. Qolipning dasta va yon tomonlaridan teshib, undan iplar o’tkazilib shamshirakka tortiladi. Kerish tortilgunicha ip tortiladi. Keyin angishvona bilan sinab ko’riladi, agar kerish ustida angishvona 4-5 marta sakrasa, demak, dastgoh tayyor. Zamonaviy sexlarda esa metalldan tayyorlangan dastgohlarni tayyor holga keltirish birmuncha osonroq.
Korcho’bni tayyor holga keltirish hamda u bilan ishlashda ma’lum texnologik qoidalarga rioya etish ishning sifatiga katta ta’sir ko’rsatadi, ya’ni:
|