3
yordamida mahkamlanadi. Plastinkani o‘zicha aylanib ketishdan qirqilgan segment kallakli tayanch
shtifti (1) saqlaydi. Bunday keskichlar yopishtiriladigan keskichlardan shu bilan farq qiladiki, ular
kompakt bo‘lib, rezbani minimal yurishlar sonida kesishda yuqori bardoshlikka ega.
Kesish qismining kerakli geometrik parametrlari plastinkani tutkichda 10
o
burchak ostida
o‘rnatish va kesish qirrali bo‘yicha aylanachalarning borligi bilan ta’minlanadi. Bu kesish kuchini
kamaytirish va qirqiladigan rezba aniqligini oshirish imkonini beradi. Mexanik mahkamlanadigan
kvadrat va uch qirrali volframsiz qattiq qotishma plastinkalardan yig‘iladigan tokarlik keskichlari
konstruktsion va kam legirlangan po‘lat zagotovkalarga xomaki va toza ishlov berish uchun
mo‘ljallangan. Bunday yig‘ma keskichlar ishlov berish aniqligi va mahsuldorligini oshiradi,
bordoshliligi esa yopishtiriladigan qattiq qotishma plastinkali T15K6 keskichlariga nisbatan 1,5 marta
yuqori.