• 2.1.1. Tokarlik guruhidagi RDB dastgohlar uchun kesuvchi asboblar
  • 7-mavzu: rdb dastgohlarda qo‘llaniladigan kesuvchi asboblar




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana23.09.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #272059
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    7-mavzu RDB DASTGOHLARDA QO‘LLANILADIGAN KESUVCHI ASBOBLAR MICHT va AL



    7-mavzu: RDB DASTGOHLARDA QO‘LLANILADIGAN KESUVCHI ASBOBLAR 
     
    RDB dastgohlar ish samaradorligi ko‘p jihatdan unda qo‘llaniladigan asbob uskunalari, 
    kesuvchi va yordamchi asboblarining texnik darajasiga bog‘liq. RDB shu jumladan, ko‘p amalli 
    dastgohlarda seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishda standart universal kesuvchi asboblar 
    qo‘llanadi. Maxsus asboblarga ehtiyoj yo‘qligi RDB dastgohlarning qulayliklaridan yana biri 
    hisoblanadi. Lekin odatdagi dastgohlarga nisbatan RDB dastgohlarda qo‘llaniladigan asboblar sifatiga, 
    asbob o‘lchamlarining aniqligiga, geometrik shakliga, charxlanish sifatiga, asbob materialiga, qirindini 
    maydalash xususiyatiga bir qancha yuqori talablar qo‘yiladi. Bu talablar asbobning yuqori kesish 
    xususiyatini, chidamliligini, bardoshliligini oshirib, RDB dastgohni uzoq muddat ichida avtomatik 
    rejimda ishlashini va yukori mahsuldorligini ta’minlaydi. 
    2.1.1. Tokarlik guruhidagi RDB dastgohlar uchun kesuvchi asboblar 
     
    Tokarlik RDB dastgohlarda qo‘llanadigan asboblar nomenklaturasi RDB dastgohda 
    bajariladigan detal-operatsiyalar turini tahlil qilish asosida aniqlanadi. Metallarga RDB tokarlik 
    dastgohda ishlov berish sifati ko‘p jihatdan kesuvchi asbobni pozitsiyalash aniqligi va shu aniqlikning 
    ishlov berish jarayonidagi doimiyligiga bog‘liq. 
    Tokarlik guruhidagi RDB dastgohlarda asosan qattiq va o‘ta qattiq qotishmalardan 
    tayyorlangan asboblar qo‘llaniladi. Ayniqsa, qattiq va o‘ta qattiq qotishmalardan tayyorlangan 
    charxlanmaydigan plastinkali asboblarni qo‘llash katta samara beradi. Bunday plastinkalar keskich 
    geometriyasi doimiyligini, asbob bardoshliligini oshirishni, kesish elementlarini tez almashtirish
    dastgoh quvvatidan to‘la foydalanish imkoniyatlarini beradi. 
    RDB tokarlik dastgohlar yuqori kesish tezliklarini ta’minlaydi, bunda asbobning kesish 
    qirralari yuqori (1000
    o
    S) haroratgacha qiziydi. Bunday sharoitlarda qizilbardoshliligi 650
    o
    S bo‘lgan 
    tezkesar po‘latlar ishlay olmaydi. Shuning uchun yuqori qizilbardoshlik (1200
    o
    S) va yemirilishga 
    bardosh volfram (VK) va titan (TK) asosida tayyorlangan qattiq qotishmalar keng qo‘llaniladi. 
    Tokarlik guruhidagi RDB dastgohlar keskichlarida quyidagi ko‘p qirrali qattiq qotishma 
    plastinkalari qo‘llanadi: 

    universal o‘tuvchi, uzish hamda teshik yo‘nish keskichlarida qo‘llaniladigan qirra burchagi 
    80
    o
    rombik plastinkalar (
    rasm 2.1.1
    a
    ); 

    universal o‘tuvchi va teshik yo‘nish keskichlarida qo‘llanadigan siniq tomonli qirra 
    burchagi 80
    o
    uch qirrali plastinkalar (
    rasm 2.1.1 b
    ), ularning kamchiligi kesish qirrasining 
    kaltaligi va keskich tutkichiga nisbatan noaniq bazalanishidir; 

    konturli ilshov berishda hamda o‘tuvchi keskichlarida qo‘llanadigan qirra burchagi 60
    o
    to‘g‘ri tomonli uch qirrali plastinkalar (
    rasm 2.1.1 d
    ); 

    uch qirrali plastinkalardan foydalanish mumkin bo‘lmaganda (masalan, ishlov beriladigan 
    zagotovka geometriyasiga to‘g‘ri kelmaganda) qo‘llaniladigan plandagi qirra burchagi 55
    o
    parallelogramm plastinkalar; 

    xomaki ishlov berish uchun o‘tuvchi va uzish keskichiga mo‘ljallangan to‘rt qirrali (
    rasm 
    2.1.1 e
    ), besh qirrali (
    rasm 2.1.1 f
    ), olti qirrali (
    rasm 2.1.1 g
    ) plastinkalar. 
    Plastinkalarda qirindilarni maydalash uchun ularni presslash vaqtida qirindini sinishiga olib 
    keluvchi yo‘lakcha va chuqurchalar qilinadi. 
    Mexanik mustahkamligini oshirish bilan bir vaqtning o‘zida yemirilishga bardoshliligini 
    oshirish uchun yemirilishga bardoshli qatlam o‘rnatilgan T5K10 va T5K12 qayishqoq qattiq 



    qotishmali charxlanmaydigan plastinkalar qo‘llanadi. Bunda tayyor plastinkalar yupqa qalinlikdagi (58 
    mkm) titan karbidi bilan qoplanadi. 
    Charxlanmaydigan kesish plastinkalarining ishonchliligini oshirish va keskich qo‘ndog‘ining 
    plastinka sinishida lat yeyishini oldini olish uchun plastinkalar tagiga qattiq qotishmali tayanch qatlam 
    o‘rnatiladi. 

    Download 0,59 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu: rdb dastgohlarda qo‘llaniladigan kesuvchi asboblar

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish