• Teshik y o‘ nish keskichlari
  • 7-mavzu: rdb dastgohlarda qo‘llaniladigan kesuvchi asboblar




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/10
    Sana23.09.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #272059
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    7-mavzu RDB DASTGOHLARDA QO‘LLANILADIGAN KESUVCHI ASBOBLAR MICHT va AL

    O‘ta qattiq qotishmalar 
    – Bor nitridining qattiq (kubik) polikristallari o‘zining qattiqligi 
    jihatidan olmosga yaqin turadi va keramikalardan 3 marta, tez kesar po‘latlardan esa 5 marta 
    qattiqroqdir. Issiqbardoshliligi jihatidan ular keskich asboblarda qo‘llaniladigan hamma materiallardan 
    yuqoriroq turadi. Ularning issiqbardoshliligi olmosdan 1,9, tezkesar po‘latdan 2,3, qattiq 
    qotishmalardan 1,7, keramikadan 1,2 marta yuqoridir. Qattiq Bor nitridi polikristallarining yuqori 
    fizik-ximik xususiyatlari har xil qattiqlikdagi toblangan po‘latlarga, cho‘yanlarga, rangli metallarga toza 
    va o‘ta toza ishlov berish uchun mo‘ljallangan asboblarda samarali foydalanish imkonini beradi.
    Tokarlik keskichlarining o‘ta qattiq qotishmali plastinkalari asosan olti qirrali shaklda 
    tayyorlanadi. Bunday plastinkalar optimal geometriyaga, yetarlicha kesish uzunligiga ega bo‘ladi. 
    Silindrik va yon yuzali yuzalarga tirkalib ishlaydigan keskichlarda qirra burchagi 80
    o
    rombik 
    plastinkalar tavsiya etiladi. Ishonchli qotirishni ta’minlash qiyin bo‘lgan uch qirrali plastinkalar 
    o‘rniga qirra burchagi 60
    o
    rombik plastinkalar qo‘llash tavsiya etiladi. 
    RDB tokarlik dastgohlarda bajariladigan diametri 12 mm gacha teshiklarni yo‘nish ishlari 
    uchun mexanik qotiriladigan ko‘p qirrali, yopishtiriladigan va yig‘ma keskichlar qo‘llanadi. Diametri 
    12 – 20 mm teshiklarga ishlov berish uchun ishchi qismi konsolli bo‘lgan silindrik dumli yopishtirma 
    keskichlar qo‘llaniladi. Plandagi bosh burchagi 92
    o
    bo‘lgan keskichlar, bunday keskichlarning asosiy 
    turi bo‘lib, pog‘anali teshikarga ishlov berishda pog‘ona yon yuzalarini ham tozalash imkonini beradi. 
    Keskichlar prizmatik tirqishlari bo‘lgan keskich bloklarida prujinali prizmatik tutgichlarda qotiriladi. 
    Teshik y
    o‘
    nish keskichlari
    . Ochiq teshiklarga ishlov berish uchun plandagi bosh burchagi 45
    o
    va 60
    o
    bo‘lgan yopishtirilgan plastinkali silindrik dumli teshik yo‘nish keskichlari qo‘llanadi. Diametri 
    40 mm dan katta bo‘lgan teshiklarga ishlov berish uchun ishchi qirrasidagi burchagi 80
    o
    bo‘lgan 
    mexanik mahkamlanadigan qattiq qotishmali rombik plastinkali keskichlar qo‘llanadi. Plastinka 
    korpusda shunday o‘rnatiladiki, bunda plandagi bosh burchagi 85
    o
    ni tashkil qiladi, plandagi 
    yordamchi burchagi esa 5
    o
    ni tashkil qiladi.
    Bunday keskichlar zagotovkaning tashqi yon yuzasiga, konusli yo‘nishda, ixtiyoriy burchakdagi 
    faska va teshiklarga ishlov berishda hamda ochiq va yopiq teshiklarga yoki teshiklarga pog‘ona yon 
    yuzalari perpenduklyarligini ta’minlagan holda yo‘nib ishlov berishda qo‘llaniladi. Keskichlar 
    konstruktsiyasida uning qirrasini radial yo‘nalishda o‘zgartirish imkoni yo‘qligi uchun bunday 
    keskichlardan foydalanilganda, keskich uchini dastgohda oldindan rostlash uchun yordamchi asbob 
    konstruktsiyasida asbobni radial yo‘nalishda harakatlanlantirish imkoni bo‘lishi kerak.



    Teshik yo‘nish keskichlarini keskichlar bloki silindrik o‘rnatish teshiklarida yoki vtulkalar 
    qo‘llash bilan revolver kallaklarda o‘rnatilganda, keskich uchini radial yo‘nalishda rostlash talab 
    qilinmaydi. Bunday hollarda qattiq qotishmali charxlanmaydigan rombik plastinka o‘rnatilgan 
    qo‘zg‘aluvchan plankani siljitish bilan amalga oshiriladi. Rostlanadigan teshik yo‘nish keskichlari 
    diametri 50 mm dan katta bO‘lgan teshiklarni yo‘nishda ishlatiladi. Ular ikki xil: silindrik 
    qo‘ndoqli – normal va kattalashtirilgan diametrda bo‘ladi. 
    Birinchi turida keskich bloklarida mahkamlash uchun prizmatik tirqishlar yoki o‘tish vtulkalari 
    qo‘llaniladi. 
    Ikkinchi turida esa qo‘ndoqning kattalashtirilgan diametri keskichlar blokidagi yoki revolver 
    kallaklar o‘rnatish teshiklari diametriga mos keladi, shuning uchun o‘tish vtulkalariga ehtiyoj yo‘q, bu 
    esa keskichni mahkamlash bikrligi va aniqligini oshirishni ta’minlaydi. Diametri 50 mm dan katta 
    bo‘lgan teshiklarga ishlov berish uchun mexanik mahkamlanadigan charxlanmaydigan qattiq qotishma 
    plastinkali parallelogram teshik yo‘nish kallaklari ham qo‘llaniladi.
    Bunday kallaklar teshiklarni kontur bo‘yicha yo‘nish imkonini beradi. Kallakning ishchi qismi 
    moslamada qaldirg‘och dumi turidagi yuza bo‘yicha o‘rnatiladi va bo‘ylama tortish va vint bilan 
    qotiriladi. Dastgohdan tashqarida o‘lchamga rostlash kallakni moslamaga nisbatan bo‘ylama 
    yo‘nalishda kichik oraliqda rostlash bilan amalga oshiriladi. Konturli yo‘nish uchun kallaklar plandagi 
    bosh burchagi 93
    o
    da bajariladi. 
    Ariqchalarni yo‘nish uchun mexanik mahkamlanadigan qattiq qotishma plastinkali ariqcha 
    keskichlarining ikki turi qo‘llaniladi. 1K3 turi kengligi 1,2–3,4 mm bo‘lgan ariqchalarni yo‘nish 
    uchun, 2K3 esa 4–7 mm kenglikdagi ariqchalarni yo‘nish uchun mo‘ljallangan. 

    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu: rdb dastgohlarda qo‘llaniladigan kesuvchi asboblar

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish