• Razvyortkalar.
  • Rasm 2.1.3. Kombinatsiyalangan parmalar




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/10
    Sana23.09.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #272059
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    7-mavzu RDB DASTGOHLARDA QO‘LLANILADIGAN KESUVCHI ASBOBLAR MICHT va AL

    Rasm 2.1.3. Kombinatsiyalangan parmalar 



    Rasm 2.1.3 b 
    da M12 va M16 rezba uchun teshik yo‘nish va 1,5x45
    o
    faska kesishga 
    mo‘ljallangan moslanuvchan murakkab asbob parma- zenkovka ko‘rsatilgan. Unda o‘rnatiladigan 
    zenkovka va xalqa parmaga kiydirilib, parma uchidan kerakli uzunlikda vintlar yordamida qotiriladi. 
    Standart parma (2) sanga turdagi zenkovka (1) ga o‘rnatiladi. Sanga qo‘ndog‘i esa uch kulachokli 
    parma patroniga o‘rnatiladi va unda parma zenkovka orqali mahkamlanadi. 
    Moslanuvchan parma-zenkovka konstruktsiyasi 
    rasm 2.1.3 d 
    da ko‘rsatilgan. Zenkovka (2) 
    yopishtirib o‘rnatiladigan keskich-kallak ko‘rinishida bajarilgan. Keskichlar (3) shunday 
    joylashtirilganki, bunda ular qirindilar ariqchasiga kirib parma lentochkalarini bantab turadi. Asbobni 
    qayta rostlashda kesish kallagi parma (4) da kerakli masofaga o‘rnatilib vint (1) yordamida qotiriladi. 
    Silindrik ishchi qismining radial tepishi butun uzunligi bo‘yicha 0,02 mm dan oshmasligi kerak. 
    Kesish qirralarining o‘q bo‘yicha tepishi 0,02 mm dan oshmasligi kerak. 
    25 mm dan katta bo‘lgan diametrdagi teshiklarni parmalash uchun yig‘ma qanotli silindrik 
    qo‘ndoqli, tezkesar po‘lat plastinkali parmalar qo‘llanadi. Rostlash gaykasi asbob uzunligini rostlash 
    imkonini beradi. 2–3 diametr uzunligidagi teshiklarga ishlov berishda ishlov berish mahsuldorligini va 
    asbob chidamliligini oshirish imkonini beruvchi qattiq qotishmali parmalar qo‘llaniladi. Odatdagi 
    parmalarga nisbatan ular kichik uzunlikga, yuqori geometrik va konstruktsion parfetrlarga ega. 
    Razvyortkalar. 
    Diametri 10…32 mm teshiklarni rzvyortkalash uchun yuqori aniqlikda 
    bajarilgan konussimon qo‘ndoqli standart konstrutsiyadagi tezkesar va qattiq qotishmalardan 
    tayyorlangan razvyortkalar qo‘llanadi. Silindrik lentochkalarining razvyortka o‘qiga nisbatan radial 
    chetga chiqishi, 0,01 mm dan diametri 30 mm dan katta razvertakalar uchun esa 0,015 mm dan, bosh 
    kesish qirralarining normal bo‘yicha chetga chiqishlari 0,02…0,03 mm dan oshmasligi kerak. 
    Diametri 25…50 mm teshiklarni razvyortkalash uchun yuqori aniqlikda tayyorlangan o‘rnatiladigan 
    standart razvyortkalar qo‘llanadi. Diamerti 52..145 mm teshiklarni razvyortkalash uchun yig‘ma 
    o‘rnatiladigan qattiq qotishma razvyortkalari qo‘llanadi. Diametri 5..150 mm ga teng yuqori 
    aniqlikdagi teshiklarga ishlov berish uchun qattiq qotishmalardan tayyorlangan bir qirrali razvyortkalar 
    qo‘llaniladi, ular po‘lat zagotovkalarga ishlov berishda g‘adir- budurligi Ra=0,2…0,8 mkm, cho‘yan 
    va rangli metallarga ishlov berishda Ra=0,2…0,4 mkm tozalikdagi teshiklar olish imkonini beradi. 
    Diametri 5…10 mm dumli yaxlit razvyortkalarda yopishtirilgan qattiq qotishmali pichog‘i va 
    yo‘naltiruvchilari bo‘ladi. Pichoqlar ikkita vintlar yoki ikkita ponasimon vtulkalar va vintlar 
    yordamida mahkamlanadi. 
    O‘rnatiladigan 80…250 mm li razvyortkani ichki o‘rnatish konusi 1:30 bo‘lib, korpusga 
    yopishtirilgan uch juft qattiq qotishmadan tayyorlangan yo‘naltiruvchilari bilan tayyorlanadi. 
    Yopishtirilgan qattiq qotishmalarning kesish pichoqlari razvyortka korpusidan bo‘lak holda 
    charxlanadi. Bunday razvyortkalar yuqori aniqlikdagi teshiklarga ishlov berishda, mehnat sarfini 3 
    marta va tannarxini 2 – 3 marta kamaytiradi. 

    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm 2.1.3. Kombinatsiyalangan parmalar

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish