4
g‘adir-budurliklarini kichraytirishni, toblangan po‘latlarda jilvirlashga nisbatan ishlov berilgan yuza
qatlami sifatini oshirishni ta’minlaydi.
Kompozit materiallardan tayyorlangan plastinkalar
,
masalan, 01 kompoziti, ixtiyoriy
qattiqlikdagi toblangan po‘lat va cho‘yan zagotovkalarga (zarbsiz) toza va o‘ta toza tokarlik ishlov
berishda, kesish chuqurligi 0,05 – 0,4 mm (maksimal 1 mm gacha) bo‘lganda qo‘llanadi. Bunday
qattiq qotishmalar tarkibida kobalt 15% dan kam bo‘lmaydi. Qattiqligi NRS60 dan yuqori bo‘lmagan
toblangan po‘lat va ixtiyoriy qattiqlikdagi cho‘yan zagotovkalarga kesish chuqurligi 0,05 – 3,0 mm
bo‘lgan (zarbsiz) xomaki va oxirgi tokarlik ishlov berishda yaxlit plastinkalardan tayyorlangan
kompozit 05 qo‘llanadi. Xomaki va oxirigi tokarlik (zarbli va zarbsiz) ishlov berishlarda yaxlit
plastinkali kompozit 10 va ikki qatlamli 10D qo‘llanadi.
Kompozit materiallardan tayyorlangan mexanik mahkamlanadigan aylana va ko‘p qirrali
tokarlik keskichlar (
rasm 2.1.2 g
) toblangan po‘latlarga, cho‘yanlarga, qattiq va nikel asosidagi qiyin
ishlov beriladigan qotishmalarga xomaki va oxirgi ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Kompozit
materialli keskichlar qattiq qotishmali keskichlarga va jilvirlashga nisbatan mahsuldorlikni 1,5 – 3
marta oshirish imkonini beradi.