9
batamom yeyilganda ularni yangi komplektga almashtiriladi. Almashtirishga 8 –10 min vaqt ketadi.
Frezalar konfiguratsiyasi har xil materiallarga ishlov berish imkonini beradi va frezaninig
universalligini oshiradi. Har bir freza plastinkalarning sakkizta ehtiyot komplektlari bilan jihozlanib,
yuza va tashqi diametri bo‘yicha olmosli o‘lchamga yetkaziladi, bu esa uning bardoshliligini 20% ga
oshiradi. Yuqori mustahkamlikka ega zagotovkalarning tekis yuzalariga ishlov berish uchun yon yuzali
rotatsion (aylanuvchi pichoqli) frezalar qo‘llanadi, bu esa frezalar bardoshliligini 5…10 marta oshiradi.
Diametri 160 mm gacha qo‘ndoqli frezalar pichoqlari diametri 45 mm bo‘ladi.
Cho‘yan va toblangan po‘lat zagotovkalarga toza va pretsizion ishlov berish uchun pichoqli
kompozitsion materiallardan tayyorlangan yig‘ma yon yuzali frezalar qo‘llanadi. Ular konstruktsiyasi
o‘rnatiladigan pichoqli ko‘p tishli yig‘ma frezalar konstruktsiyasi bilan bir xil. Freza korpus va
diametri 10 mm bo‘lgan pichoqlari o‘rnatiladigan tirqishlardan tashkil topgan.
Yengil qotishmalardan tayyorlangan zagotovkalarga ishlov berish uchun diametri 20..50 mm
tez kesar R6M5 po‘latlardan tayyorlangan uch frezalar qo‘llanadi. Ular silindrik lentochkasiz Elbor
bilan charxlanadi. Frezaning silliqlangan ariqchalari qirindilarning yaxshi o‘tishini ta’minlaydi.
Har xil shakldagi tirqishlarga ishlov berish uchun silindrik qo‘ndoqli rostlovchi vinti bo‘lgan va
bo‘lmagan uch frezalar qo‘llanadi. Rostlash vintli frezalar asbob uzunligini qayta rostlashni
ta’minlaydi va ular asbobni yemirilish darajasiga qarab rostlash zarur bo‘lganda qo‘llanadi. Diametri
10 mm dan katta frezalar payvandlab tayyorlanadi. Qo‘shni tishlar uchun radial tepish 0,015 va
qarama-qarshi tishlar uchun radial tepish 0,03 mm, yon tepishi 0,02 mm dan oshmasligi kerak.
Uncha katta bo‘lmagan tekis yuzalarga xomaki ishlov berishda diametri 26…50 mm uch
frezalar qo‘llash tavsiya etiladi. Frezalar qo‘ndog‘i to‘g‘rilagichlarda mahkamlanadi. Qo‘ndoqda
trapetsiyasimon rezbalarning borligi ularni o‘q bo‘yicha rostlash imkonini beradi. Bunday frezalar
ikki xil tayyorlanadi. Yon yuza tishli va tishsiz, ikki qo‘shni tishlar uchun kesish qirralari radial tepishi
0,06 mm va qarama-qarshi tishlar uchun 0,06 mm.