8
Yopiq teshiklarda M4…M30 rezbalarni ochish uchun ariqchasi 30
o
burchak ostida
bo‘lgan metchiklar qo‘llanadi.
Markazlarda o‘rnatiladigan metchiklar uchun kesish qirralarining va kesish qismli rezba
elementlarining chetga chiqishlari 0,01 mm dan oshmasligi kerak.
Frezalar.
Yuzalarga xomaki ishlov berishda diametri 80..200 mm bo‘lgan besh qirrali qattiq
qotishma plastinkalari o‘rnatilgan yon yuzali frezalar qo‘llaniladi (
rasm 2.1.4 a
). Freza o‘q bo‘yicha
rostlanadigan to‘g‘rilagichlarda mahkamlanadi. Freza korpus (8) presslangan shtiftlari (2) bo‘lgan
tutkich (3) unga erkin kiydiriladigan almashma plastinkalar (1) dan tashkil topgan. Xalqa (7) va vint (6)
tutkich (3) ni mahkamlash uchun mo‘ljallangan. Yig‘ishni qulaylashtirish uchun shayba (5) va
plastinka (1) ni korpusdagi bazalash yuzasiga siqib turuvchi prujina (4) ko‘zda tutilgan.
Po‘lat va boshqa materiallardan tayyorlangan zagotovkalarga kesish chuqurligi 9 mm gacha
xomaki ishlov berish uchun diametri 100, 125, 160 va 200 mm li 8,10,12 tishli T5K10 va T15K6 va
VK8 qattiq qotishmadan tayyorlangan besh qirrali plastinkalar o‘rnatiladigan frezalar qo‘llaniladi.
Frezalar konstruktsiyasida plastinkalarni xalqa yoki vtulka orqali mahkamlash ko‘zda
tutilgan. Plandagi bosh burchak 67
o
, plandagi yordamchi burchak 5
o
, orqa burchak 10
o
, oldingi
burchak manfiy 10
o
.
Tekis yuzalarga toza va yarim toza ishlov berishda mexanik mahkamlanadigan qattiq qotishma
pichoqli diametri 80…250 mm yon yuzali frezalar qo‘llaniladi (
rasm 2.1.4 d
). Qo‘shni tishlarning
freza o‘qiga nisbatan radial tepishi 0,01 mm dan, qarama-qarshi tishlar uchun 0,03 mm dan, yon yuza
bo‘yicha tepishi 0,01 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Po‘lat, cho‘yan va boshqa materiallarga kesish chuqurligi 1…4 mm oralig‘ida bo‘lgan toza
yarim toza ishlov berishda 5,6,8 tishli diametri 50,63,90 mm qo‘ndoqli va 10,12,14 tishli, diametri
100,125,160 aylana shaklidagi charxlanmaydigan qattiq qotishma plastinkalar o‘rnatilgan frezalar
qo‘llaniladi (
rasm 2.1.4 d
). Aylana plastinkali frezalarni yig‘ishda plastinka (2) ariqcha shaklida
bajarilgan tutkich (3) shtifti (1) ga erkin kiydirilib prujina osti vint (4) bilan freza korpusining yon
yuzasiga siqiladi.