• Rasm 2.1.5 . a,b - teshik yo‘nish keskichlari; d - teshik yo‘nish to‘g‘rilagichi
  • Teshik yo‘nish keskichlari va to‘g‘rilagichlari




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/10
    Sana23.09.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #272059
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    7-mavzu RDB DASTGOHLARDA QO‘LLANILADIGAN KESUVCHI ASBOBLAR MICHT va AL

    Teshik yo‘nish keskichlari va to‘g‘rilagichlari. 
    Razvyortkalash o‘rniga teshiklarni keskichlar 
    bilan yo‘nish teshiklarning geometrik shakllari va o‘zaro joylashishining yuqori aniqligini ta’minlaydi. 
    Teshiklarga xomaki, toza va yarim toza ishlov berish uchun olti xil turdagi keskichlar va yo‘nish 
    to‘g‘rilagichlari tavsiya etiladi. 
    Birinchi turiga diametri 20 mm va undan katta ochiq- pog‘onali va yopiq teshiklarni, yon 
    yuzalarni va faskalarni ochish uchun mikrorostlanadigan «Mikrobor» turdagi keskichlar kiradi (
    rasm 
    2.1.5 a
    ). Unda keskich (2) ning silindrik yuzasida qadami 0,5 mm ga teng aniq rezba qilingan. 
    Rasm 2.1.5
    .
     a,b - teshik yo‘nish keskichlari; d - teshik yo‘nish to‘g‘rilagichi 


    10 
    Graduirovkalangan gayka (3) keskichga buralib, konus yuzasi bilan to‘g‘rilagich (1) ga 
    bazalanadi. Keskichning yon yuzalarida ikki shponkali bo‘rtiqlari bo‘lgan yelkachalari (4) bo‘lib, 
    ular to‘g‘rilagich tirqishlariga kiradi. Kerakli holatda keskich shaybali (6) vint (5) va yassi 
    prujina (7) bilan mahkamlanadi. Gaykada 40 ta bo‘limchalar qilingan bo‘lib, uni bir bo‘limga 
    burash keskichni 12,5 mkm ga siljitada. Bunday turdagi keskichlar asosan yarim toza va toza 
    ishlov berishlarda tavsiya etiladi. 
    Ikkinchi turdagi «Mikrobor» turdagi keskichlarga nisbatan tayyorlash oddiyroq bo‘lgan 
    mikrorostlanadigan keskichlar kiradi, ular diametri 20…50 
    mm 
    teshiklarga toza yo‘nib ishlov 
    berishda qo‘llaniladi. 
    Uchinchi turdagi keskichga kvadrat kesimda bo‘lgan mirorostlanadigan to‘g‘rilagichlar 
    kiradi, ular diametri 50 mm dan katta bo‘lgan teshiklarga ishlov berish uchun qo‘llanadi (
    rasm 
    2.1.5 b
    ). Keskich tutgichining ochiq teshigida ikkita vint bilan qotiriladi. Qiya tirkagich vinti 
    tirkagich limb-gayka juftligini tirkab turish uchun mo‘ljallangan. Diametr bo‘yicha keskichning 
    3..15 mm oralig‘ida aniq harakati qiya vintni bo‘shatib limb- gaykani burash orqali amalga 
    oshiriladi. 
    To‘rtinchi turga yuqori aniqlikdagi priborlar asosida berilgan o‘lchamga rostlanadigan 
    maxsus keskichlari bo‘lgan to‘g‘rilagichlar kirib, ular diametri 20…120 mm bo‘lgan korpus 
    detallari teshiklariga yuqori aniqlikda ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Keskichlar rezbali 
    qo‘ndoqli, tashqi yuzasida liskali, diametri 8..12 mm aylana shaklida bajariladi. Gayka tashqi 
    diametri va teshikda har xil qadamga ega. 
    Beshinchi turga diametri 52…200 mm teshiklarni o‘ta yuqori aniqlikda yo‘nishga 
    mo‘ljallangan to‘g‘rilagichlar kiradi. Ularda diametrga rostlash aniqligi 0,01 mkm. Kallakda 
    tezkesar po‘lat yoki qattiq qotishma plastinkalari bilan jihozlangan maxsus keskichlar 
    qo‘llaniladi. 
    Oltinchi turga korpus detallarda diametri 20 
    mm 
    dan katta teshiklarga xomaki yoki yarim 
    toza ishlov berish uchun standart kvadrat keskichli to‘g‘rilagichlar kiradi (
    rasm 2.1.4 d
    ). Keskich 
    uzunligi to‘g‘rilagichga nisbatan tirsakli klyuch yordamida bo‘limchalari bo‘lgan maxsus gayka 
    bilan rostlanadi. O‘rnatiladigan keskichlar ochiq va yopiq teshiklarga ishlov berish uchun 
    mo‘ljallangan. Ular konstruktsiyasida keskich qismi sifatida mexanik qotiriladigan standart qattiq 
    qotishma plastinkalarini qo‘llash ko‘zda tutilgan. O‘rnatiladigan keskichlarni mahkamlash 
    to‘g‘rilagichning silindrik teshiklarida amalga oshiriladi. Bunday konstruktsiya asbobni 
    o‘lchamga rostlashning yuqori aniqligini ta’minlaydi hamda kombinatsiyalashtirilgan asbob 
    yaratib bir nechta texnologik o‘tishlarni bir yurishda bajarish, yordamchi vaqtlarni qisqartirish va 
    teshiklarga ishlov berish aniqligini oshirish imkonini beradi. 
    Kichik diametrdagi 4…20 mm teshiklarga ishlov berish uchun RDB dastgohlar shpindeli 
    va to‘g‘rilagichlarida qotiriladigan yaxlit teshik yo‘nish keskichlari qo‘llanadi. Keskich 
    konussimon kallak, kallakda payvandlash usulida qotirib mahkamlanadigan kompozitsion 
    material bilan jihozlangan silindrik mahkamlash qismidan iborat. 
    Bunday keskichlar toblangan po‘lat detal teshiklarini ichki jilvirlashda ishlatiladigan 
    abraziv asboblar o‘rniga qo‘llash, ishlov berish sifatini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari 
    toblangan po‘lat va cho‘yan zagotovkalarning diametri 20 mm va undan katta bo‘lgan 
    teshiklariga ishlov berish uchun RDB dastgohlar to‘g‘rilagichlarida mahkamlanadigan keskich 
    uzunligini rostlash tutgichli aylana kesimdagi teshik yo‘nish keskichlari ham qo‘llanadi. 
    Keskichning liskali qismi kontrgayka bilan rostlanadigan keskich teshigiga ega. Kompozit 
    zagotovkasi tutkichda pay usulida mahkamlanadi. 


    11 
    Teshik yo‘nish keskichlari dastgohsozlikda korpus detallar, korobkalar, plitalar, 
    flanetslarga ishlov berishda qo‘llanadi. Keskichlar plandagi burchagi 30
    o
    , 45
    o
    , 93
    o
    qilib 
    bajariladi. Ichki jilvirlash o‘rniga kompozit keskichlar yoki qattiq qotishmali asboblar bilan 
    teshiklarga yo‘nib ishlov berish yuza g‘adir- budurligini Ra=0,1..0,8 mkm da ta’minlab, ishlov 
    berish mahsuldorligini 3..5 marta oshiradi. 

    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Teshik yo‘nish keskichlari va to‘g‘rilagichlari

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish