Frezalash-parmalash-teshik yo‘nish guruhidagi RDB dastgohlar uchun kesuvchi asboblar




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana23.09.2024
Hajmi0,59 Mb.
#272059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu RDB DASTGOHLARDA QO‘LLANILADIGAN KESUVCHI ASBOBLAR MICHT va AL

2.1.2. Frezalash-parmalash-teshik yo‘nish guruhidagi RDB dastgohlar uchun kesuvchi asboblar 
Parmalar. 
Tez kesar po‘latlardan tayyorlangan spiral parmalar RDB dastgohlar uchun 
parmaning asosiy turi hisoblanadi. Silindrik qo‘ndoqli parmalarni diametri 20 mm gacha bo‘lgan 
teshiklarni ochish uchun qo‘llash maqsadga muvofiq. Konus qo‘ndoqli parmalarning quyidagi turlari 
qo‘llaniladi: 

o‘ta qisqa ishchi qismli 3...5 diametrga teng (diametri 6…30 mm); 

normal ishchi qismli (diametri 6…50 mm); 

uzaytirilgan ishchi qismli (diametri 6…30 mm). 
Parma uzunligi ishlov berish turi va ishlov beriladigan detalga qo‘yiladigan talablar bilan 
aniqlanadi. Yuqori bikrlikdagi parmalar kalta uzunlikda tayyorlanadi. Parmalarning o‘ta qisqa ishchi 
qismli turi yuqori qattiqlikdagi materiallarga ishlov berishda, teshiklar markazi koordinatalari 
aniqligiga yuqori talablar bo‘lganda qo‘llaniladi. RDB dastgohlar uchun parmalar quyidagi texnik 
talablarni qoniqtirishi lozim: 

kalta parmalarning butun ishchi qismlari bo‘yicha qo‘ndog‘i o‘qiga nisbatan 
lentochkalaridagi radial xatoliklar 0,04-0,06 mm dan oshmasligi kerak; 

kesish qirralarining o‘q bo‘yicha xatoliklari 0,04 – 0,06 mm dan oshmasligi kerak; 

parma o‘rta qismining markazlikdan chetga chiqish 0,04 – 0,1 mm dan oshmasligi kerak. 
RDB dastgohlarda konduktorsiz ishlov berish usulida orqa yuzasi va bo‘ylama qirrasi maxsus 
shaklda charxlangan parmalar qo‘llash tavsiya etiladi. Konstruktsion po‘lat va cho‘yan 
zagotovkalarning diametri 2…12 
mm 
bo‘lgan teshiklariga ishlov berish uchun profili yuqori aniqlikda 
jilvirlangan, tezkesar po‘latlardan tayyorlangan silindrik qo‘ndoqli standart spiral parmalar 
qo‘llaniladi. Bunday parmalarga yuqori talablar qo‘yiladi, jumladan: parmaning qo‘ndog‘iga nisbatan 
lentochkalarning radial tepishi butun uzunligi bo‘yicha 0,04 mm dan, kesish qirralarining o‘rtasi 



bo‘yicha 0,05 mm dan oshmasligi kerak. Jilvirlangan profilli parmalar bardoshliligi oddiy 
parmalarnikiga nisbatan 1,5-2 marta yuqori bo‘ladi. 
Parmalar R6M5 va R18 po‘latlardan tayyorlanadi. RDB dastgohlar uchun parmalar 
konstruktsiyasi odatdagi parmalar konstruktsiyasidan orqa diametri va qanotlari enining 
kattalashtirilganligi bilan farq qiladi. Parmaning ishchi qismi markazi qo‘ndoq tomonga qarab har 100 
mm uzunlikka 1,4–1,8 mm ga bir tekisda qalinlashib boradi. Yuqori aniqlikda tayyorlanadigan hamma 
parmalar orqasi va ariqchasi jilvirlash texnologiyasi asosida tayyorlanadi, bu esa parmani qayta 
charxlash oraliqlaridagi yuqori aniqlikligini va bardoshliligini ta’minlaydi. Yuqori aniqlikda 
tayyorlangan bunday parmalar bardoshliligi frezalangan ariqchali parmalar bardoshliligidan 2 – 3 marta 
ortiq bo‘ladi. 
Yuqori aniqlikdagi teshiklarni parmalash uchun diametri 0,55..9,0 mm va uzunligi 3,0–12 mm 
bo‘lgan yuqori aniqlikda tayyorlangan silindrik qo‘ndoqli parmalar qo‘llaniladi. Bundan tashqari 
konussimon qo‘ndoqli spiral (diametri 6…45 mm) hamda yaxlit qattiq qotishmalardan tayyorlangan 
normal seriyali (diametri 0,4…2,0 mm) parmalar ham qo‘llanadi. 
Diametri 6 – 20 mm dan yuqori aniqlikdagi teshiklarni ochish uchun tezkesar po‘latlardan 
tayyorlangan, parma yo‘nalishining yuqori aniqligini ta’minlovchi, to‘rt lentali spiral parmalar 
qo‘llaniladi. Bunday parmalarning radial tepishi 0,04-0,06 mm, kesish qirralarining o‘q bo‘yicha 
tepishi 0,06–0,1 mm dan oshmasligi kerak. 
Zagotovkaning ko‘p sonli bir xil turdagi mahkamlash teshiklariga yoki o‘xshash teshikli 
zagotovkalarga guruhli ishlov berishda mahkamlash teshiklarining rezba osti teshigini ochishni, faska 
yo‘nish va vint kallagi osti teshiklarini rezba osti teshiklarini zenkerlash bilan birga amalga 
oshiradigan parmalarning murakkab pog‘onali turini qo‘llash oddiy texnologik sistemalarda 
qo‘llaniladigan parmalash, parmalab kengaytirish, zenkerlash va ularga zarur o‘tishlarni o‘z ichiga 
oluvchi uchta asbobda uch xil ishlov berish o‘rniga bitta asbobni qo‘llash imkonini beradi. Shuningdek 
parmani markazlovchi charxlash teshiklarini markazlashni keraksiz qilib, parmalashning yuqori 
aniqligini, o‘qlar holati aniqligini ±0,1 mm oralig‘ida ta’minlash imkonini beradi.
Bunday parmalarda katta pog‘ona kesish qirralari kichik pog‘ona kesish qirralariga nisbatan 
30
o
burchakka yoyilgan bo‘ladi va markazlash, teshik yo‘nish, parmalash va h.k. bir yurishda bajarib, 
parmalar sonini, ularni almashtirishga ketadigan vaqt sarfini va natijada, RDB dastgohni bekor turish 
vaqtini qisqartiradi va ishlov berish mahsuldorligini oshirish imkonini beradi. Ko‘p amalli 
dastgohlarda esa magazinda asboblar uchun zarur bo‘lgan yacheykalar sonini kamaytiradi. 
Rasm
2.1.3a 
da ko‘rsatilgan murakkab pog‘onali to‘rt lentochkali markazlovchi charxlanadili 
parma, teshiklar o‘qining joylashishini ±0,05 mm, yuza g‘adir-budurligini Ra=
25 
mkm aniqlikda 
amalga oshirishni ta’minlab, markazlovchi va zenkerlash operatsiyalarini keraksiz qiladi. 

Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Frezalash-parmalash-teshik yo‘nish guruhidagi RDB dastgohlar uchun kesuvchi asboblar

Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish