• O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi
  • O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagilar asosida bekor qilinishi mumkin
  • O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin




    Download 0.5 Mb.
    bet11/11
    Sana02.02.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #40759
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Ekalogiya3.4
    2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR, 6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, Ekalogiya2, nutq, Elektr induksiya vektori va elektr induksiya kuch chiziqlari. El-www.hozir.org, 8672-Текст статьи-20729-1-10-20230506, 2-son Tezis (2)
    O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
    o‘rmondan maxsus foydalanishning ruxsat berishga doir talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda;
    davlat o‘rmon xo‘jaligi vakolatli organining o‘rmondan foydalanishning ruxsat berishga doir talablari va shartlariga oid aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi qarori bajarilmaganda.
    O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
    foydalanish zarurati qolmaganda yoki undan voz kechilganda;
    foydalanishning belgilangan muddati o‘tganda;
    o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda;
    o‘rmondan maxsus foydalanish huquqi berilgan jismoniy shaxs vafot etganda yoki uning faoliyati tugatilganda yoxud yuridik shaxs tugatilganda.
    Qonun hujjatlarida o‘rmondan maxsus foydalanish huquqini to‘xtatib turish yoki tugatish uchun boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin.
    O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagilar asosida bekor qilinishi mumkin:
    o‘rmondan foydalanuvchining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra;
    ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
    O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turiladi, tugatiladi yoki bekor qilinadi.
    O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish hamda iqtisodiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
    O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirishni va iqtisodiy rag‘batlantirishni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashi shart.
    Zararning o‘rnini qoplash aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi.
    O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
    O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
    Download 0.5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin

    Download 0.5 Mb.