• O‘rmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat
  • O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar




    Download 0.5 Mb.
    bet10/11
    Sana02.02.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #40759
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Ekalogiya3.4
    2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR, 6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, Ekalogiya2, nutq, Elektr induksiya vektori va elektr induksiya kuch chiziqlari. El-www.hozir.org, 8672-Текст статьи-20729-1-10-20230506, 2-son Tezis (2)
    O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar:
    o‘zlariga berib qo‘yilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o‘rmonzorlardan oqilona foydalanishi;
    ishlarni o‘rmonlarning holatiga hamda ularni takroriy ko‘paytirishga, shuningdek tuproqning, o‘simlik va hayvonot dunyosining, suv obektlarining va boshqa tabiiy obektlarning holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydigan usullar bilan yuritishi;
    o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi;
    o‘rmonlarda yong‘inga qarshi tadbirlarni o‘tkazishi va yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, shuningdek o‘rmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishi;
    o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi;
    o‘rmondan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida va belgilangan tartibda haq to‘lashi;
    o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart.
    O‘rmondan foydalanuvchilarning faoliyatiga davlat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    O‘rmondan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tiklanishi lozim.
    O‘rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararlarning (shu jumladan boy berilgan foydaning) o‘rni to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
    O‘rmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
    daraxtzorlar va butazorlarni kesish;
    pichan o‘rish;
    chorva mollarini o‘tlatish;
    asalari uyalari va qutilarini joylashtirish;
    yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor va texnik xom ashyosini yig‘ish hamda tayyorlash;
    yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yig‘ish va tayyorlash;
    daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalarni yig‘ish;
    o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun foydalanish;
    ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish;
    ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish.
    Binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish chog‘ida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi daraxtzorlar va butazorlarni ishlab chiqarish-texnik zaruratdan kelib chiqmagan holda kesish taqiqlanadi.
    Daraxtzorlar va butazorlarni kesishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, o‘rmon kesish (o‘rmon) chiptalari asosida va faqat o‘rmonlarni albatta qayta tiklash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
    Daraxtzorlar va butazorlarni kesish o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalariga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    O‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalarida, cho‘l va chala cho‘l zonalarining o‘rmonlarida o‘rmonning holatini yaxshilash maqsadida parvarish qilish uchun kesishga yo‘l qo‘yiladi.
    O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda, shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘larida, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlarda, suv ta'minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlarda, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda, yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlarda, o‘rmonlarning mevali daraxtzorlarida, tabiat bog‘larining o‘rmonlarida (ularning qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), kurort tabiiy hududlarning o‘rmonlarida, davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlarida (ularning qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda o‘rmon kesish (o‘rmon) chiptasi bo‘yicha faqat oraliq foydalanishdagi kesishga (o‘rmon parvarishi va sanitariya maqsadida kesishga) yo‘l qo‘yiladi.
    Barcha qo‘riqlanish toifalaridagi o‘rmonlarda yong‘inga qarshi oraliq joy hosil qilish bilan bog‘liq kesishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin, bundan davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining o‘rmonlari, tabiat bog‘larining, davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalaridagi o‘rmonlari mustasno.
    O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish, plantatsiyalarda hamda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida maqsadli foydalanish, sanoat va aholining yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojlarini ta'minlash uchun yetishtirilayotgan tez o‘suvchi daraxt va butalarni kesish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi belgilagan tartibda o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Yong‘inlar, o‘rmon zararkunandalari, kasalliklari hamda boshqa salbiy ta'sirlar oqibatida shikastlangan o‘rmonlarni kesishga ularni tanlab va sanitariya maqsadida kesish tartibida yo‘l qo‘yiladi.
    Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rishga shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan maydonlarda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida yo‘l qo‘yiladi.
    Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish uchun maydonlar o‘rmon tuzish loyihalari, yaylovlardan almashlab foydalanish sxemalari va pichan o‘rishning kalendar jadvali hisobga olingan holda foydalanishga beriladi.
    Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Pichan o‘rish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatish shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan maydonlarda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari beradigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
    O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda, suv ta'minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlarda, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda, yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlarda, davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlarida, shuningdek belgilangan rejimga muvofiq tabiat bog‘larining, buyurtma qo‘riqxonalarning, kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlarida chorva mollarini o‘tlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatishga yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning kamyob va qimmatli turlari tabiiy ravishda takroriy ko‘payishini, yovvoyi hayvonlarni saqlab qolishni, shuningdek eroziya jarayonlarining yuzaga kelish ehtimolining oldini olishni ta'minlash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
    Hayvonot dunyosini hayvonlarning yuqumli va boshqa kasalliklaridan himoya qilish hamda ular tarqalishining oldini olish maqsadida davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatishga chorva mollarini, ulovlarni (otlar, eshaklar, tuyalar) va ularni qo‘riqlovchi itlarni veterinariya-laboratoriya ko‘rigidan o‘tkazish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
    Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Chorva mollarini o‘tlatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    Yuridik va jismoniy shaxslarga asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat o‘rmon fondi uchastkalari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining ruxsatnomasi bo‘yicha beriladi.
    Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor va texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash uchun ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan beriladi.
    Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor va texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mavjud o‘simliklar resurslarining tugab qolishiga hamda o‘rmon xo‘jaligiga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vositalar va usullar bilan amalga oshiriladi.
    O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalari daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalar yig‘ish uchun yuridik hamda jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilishi mumkin.
    O‘rmon fondi yerlarida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish davlat o‘rmon fondiga zarar yetkazmagan holda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
    Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
    Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
    Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda yo‘l qo‘yiladi.
    Davlat o‘rmon fondining madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish uchun berilgan uchastkalarida o‘rmondan foydalanuvchilar bu uchastkalarni obodonlashtirishga doir tadbirlarni o‘rmonlarni hamda tabiiy landshaftlarni, o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlash, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya qilish sharti bilan o‘tkazadi.
    Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
    Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
    Fuqarolar o‘simlik dunyosi obektlaridan umumiy foydalanish tartibida o‘rmonlarda bo‘lish, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar, mevalar va qo‘ziqorinlarni qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida o‘z ehtiyojlari uchun yig‘ish huquqiga ega.
    O‘rmonlarda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni, shuningdek zaharli, tarkibida giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan o‘simliklarni fuqarolar tomonidan yig‘ish taqiqlanadi.
    Fuqarolar o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etishi, daraxtlar va butalarni sindirishga, kesishga, o‘rmon ekinlariga shikast yetkazilishiga, o‘rmonlarning maishiy hamda boshqa chiqindilar bilan ifloslanishiga, yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti yo‘q qilinishiga va urchish joylari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi, shuningdek o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarni bajarishi shart.
    Chegara zonasida o‘rmondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
    Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsuloti olib qo‘yilishi lozim.
    Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini olib qo‘yishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, uning qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
    O‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga ta'sir etadigan yangi hamda rekonstruksiya qilinayotgan korxonalarni, inshootlarni va boshqa obektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish hamda ishga tushirish, shuningdek yangi texnologiyalarni joriy etish o‘rmonlarni muhofaza qilishga, takroriy ko‘paytirishga doir tadbirlar ta'minlangan holda amalga oshiriladi.
    O‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga ta'sir etadigan korxonalarni, inshootlarni hamda boshqa obektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, shu jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek daraxt turlarini kesish zaruriyati qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda majburiy ravishda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilib, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishiladi.
    O‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish va o‘rmondan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish hamda portlatish ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, kabellar, quvurlar va boshqa kommunikatsiyalarni o‘tkazish, parmalash ishlari va boshqa ishlar davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    O‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘rmonlarni qayta tiklash, o‘rmon fondining holati buzilgan yerlarini rekultivatsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.
    O‘rmonlarni muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rmonlardan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga nisbatan cheklovlar yoki taqiqlar belgilashi mumkin.
    O‘rmondan foydalanuvchilarning, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan davlat o‘rmon fondi uchastkalari ijarachilarining, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarning, suvdan foydalanuvchilarning, suv iste'molchilarining hamda yer qa'ridan foydalanuvchilarning huquqlari o‘rmonlarni muhofaza qilish manfaatlarini ko‘zlab, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklanishi va ularning zimmasiga tegishli majburiyatlar yuklatilishi mumkin.
    O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi o‘rmonlarni muhofaza qilishni ta'minlash uchun to‘xtatib turilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

    Download 0.5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar

    Download 0.5 Mb.