• O‘rmon qo‘riqchiligining mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida
  • 7-mavzuni mustahkamlash bo’yicha topshiriqlar




    Download 0.5 Mb.
    bet6/11
    Sana02.02.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #40759
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Ekalogiya3.4
    2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR, 6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, Ekalogiya2, nutq, Elektr induksiya vektori va elektr induksiya kuch chiziqlari. El-www.hozir.org, 8672-Текст статьи-20729-1-10-20230506, 2-son Tezis (2)
    O‘rmonlarni yong‘inlar, zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy ta'sirlardan himoya qilish o‘rmondan foydalanuvchilar tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
    yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish va yong‘inga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, yong‘in chiqqanda uni o‘chirish choralarini ko‘rish;
    o‘rmon zararkunandalari, kasalliklari o‘choqlarini, sanoat va maishiy chiqindilarning hamda boshqa salbiy omillarning ta'sir doiralari rivojlanishini hisobga olish va prognoz qilish;
    o‘rmon zararkunandalarining ommaviy ko‘payish va o‘rmon kasalliklarining tarqalish o‘choqlari yuzaga kelishi hamda kengayishining oldini olish, o‘rmonlarning biologik jihatdan chidamliligini oshirish tadbirlarini o‘tkazish.
    O‘rmonlarni yong‘inlar, zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy ta'sirlardan himoya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
    O‘rmon qo‘riqchiligi o‘rmonlarni muhofaza qilish va himoya qilishni ta'minlash maqsadida davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan tashkil etiladi.
    O‘rmon qo‘riqchiligining mansabdor shaxslari ayni vaqtda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining inspektorlaridir.
    O‘rmon qo‘riqchiligining mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida:
    yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rmondan foydalanishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshiradi;
    o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzadi;
    huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni tegishli organlarga olib boradi;
    qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini va uni qo‘lga kiritish vositalarini olib qo‘yadi;
    huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni intizomiy, ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuboradi;
    o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida sudga da'volar taqdim etadi;
    yuridik va jismoniy shaxslarga o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar beradi.
    O‘rmon qo‘riqchiligining faoliyat ko‘rsatish tartibi va davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining o‘rmon qo‘riqchiligini amalga oshiruvchi inspektorlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Download 0.5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzuni mustahkamlash bo’yicha topshiriqlar

    Download 0.5 Mb.