O‘rmonlar davlat mulki — umummilliy boylik bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi




Download 0.5 Mb.
bet3/11
Sana02.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#40759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ekalogiya3.4
2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR, 6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, Ekalogiya2, nutq, Elektr induksiya vektori va elektr induksiya kuch chiziqlari. El-www.hozir.org, 8672-Текст статьи-20729-1-10-20230506, 2-son Tezis (2)
O‘rmonlar davlat mulki — umummilliy boylik bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Barcha o‘rmonlar davlat o‘rmon fondini tashkil etadi. Davlat o‘rmon fondi:
davlat ahamiyatiga molik o‘rmonlardan, ya'ni davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tasarrufidagi o‘rmonlardan;
boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanishidagi o‘rmonlardan iboratdir.
Quyidagilar davlat o‘rmon fondiga kirmaydi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek boshqa daraxtzor va butazorlar;
temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, tabiiy va sun'iy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;
shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;
tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni barpo etish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish, ularni parvarish qilish, muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan, ammo o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari deb e'tirof etiladi. O‘rmon fondi yerlarining chegaralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
O‘rmon fondi yerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish uchun, shu jumladan ijaraga berilishi mumkin.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari davlat o‘rmon fondining bir qismi bo‘lib, ular davlat o‘rmon kadastrida ko‘rsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan yeriga, huquqiy rejimga va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish;
qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
davlat nazoratini amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari davlat o‘rmon xo‘jaligi organlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta'minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
davlat o‘rmon fondini tasarruf etadi;
o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilaydi;
o‘rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilaydi;
davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi;
o‘z vakolatlari doirasida qoidalar, normalar va normativlarni qabul qiladi;
barcha o‘rmonlarda o‘rmon tuzishning yagona tizimini belgilaydi;
o‘rmon fondi yerlarida idoraviy nazoratni amalga oshiradi;

Download 0.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rmonlar davlat mulki — umummilliy boylik bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi

Download 0.5 Mb.