O‘rmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari quyidagilar orqali amalga oshiriladi




Download 0.5 Mb.
bet5/11
Sana02.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#40759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ekalogiya3.4
2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR, 6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, Ekalogiya2, nutq, Elektr induksiya vektori va elektr induksiya kuch chiziqlari. El-www.hozir.org, 8672-Текст статьи-20729-1-10-20230506, 2-son Tezis (2)
O‘rmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qoidalar, normalar hamda normativlarni belgilash;
o‘rmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
o‘rmondan foydalanishda cheklovlar va taqiqlar belgilash;
o‘rmondan maxsus foydalanish huquqini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish;
o‘rmondan o‘zboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida belgilangan tartibning boshqa buzilishlarining oldini olish;
xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishda o‘rmonga zararli ta'sir ko‘rsatilishining yoki uning yo‘q qilib yuborilishining oldini olish;
o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritish;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda amalga oshirish;
o‘rmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni o‘tkazish;
o‘rmonlarni yong‘inlardan muhofaza qilish, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
O‘rmon tuzish o‘rmonlarni muhofaza qilishni, himoya qilishni, ko‘paytirishni, takroriy ko‘paytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni va ulardan oqilona foydalanishni ta'minlashga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat o‘rmon fondi uchastkalarining chegaralarini belgilash va davlat o‘rmon fondining o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar foydalanishidagi hududining ichki xo‘jaligini tashkil etish;
topografiya-geodeziya ishlarini bajarish va o‘rmonlarni maxsus xaritaga kiritish hamda ularning elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
davlat o‘rmon fondini inventarizatsiyadan o‘tkazish;
o‘rmonlarning yetilish yoshini belgilash, o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq holda o‘rmon daraxtlarining kesilishi hisob-kitobini, kesishlarning miqdorlarini hamda o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari miqdorlarini aniqlash;
davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor hamda texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash, daraxtlar hamda butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalarni yig‘ish hajmlarini aniqlash;
davlat o‘rmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, o‘rmondan o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun, ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya hamda estetik maqsadlarda, shuningdek ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish imkoniyatlarini belgilash;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, qayta tiklash va ko‘paytirish borasidagi ishlar hajmini, shuningdek boshqa o‘rmon xo‘jaligi ishlari hajmini aniqlash;
o‘rmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish.
O‘rmon tuzish loyihalari davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
O‘rmon tuzish loyihalari o‘rmon xo‘jaligini, o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklarini yuritish, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirishga doir ishlarni tashkil etish hamda yuritish, o‘rmondan oqilona foydalanishni, joriy va istiqbolga mo‘ljallangan rejalashtirishni amalga oshirish uchun asosiy normativ-texnik hujjatdir.
O‘rmon tuzish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda barcha o‘rmonlarda yagona tizim bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rmonlar monitoringi o‘rmonlarga salbiy ta'sirlarning o‘z vaqtida oldi olinishi uchun davlat o‘rmon fondi holatidagi o‘zgarishlarni aniqlashga, uni baholash va prognoz qilishga doir muntazam kuzatuvlardan iboratdir.
O‘rmonlar monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘rmonlarning davlat hisobi davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan o‘rmon tuzish loyihalari asosida, o‘rmon tuzish amalga oshirilmagan joylarda esa davlat o‘rmon fondini inventarizatsiyadan o‘tkazish va tekshirish materiallari asosida yuritiladi.
O‘rmonlarning davlat hisobi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yagona tizim bo‘yicha yuritiladi.
Davlat o‘rmon kadastri O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha o‘rmonlar, ularning geografik o‘rni, huquqiy rejimi, miqdoriy va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli kadastr axboroti tizimidan iborat bo‘ladi.
Davlat o‘rmon kadastri o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish maqsadida manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o‘rmon to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan ta'minlash uchun mo‘ljallangandir.
Davlat o‘rmon kadastri davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yagona tizim bo‘yicha yuritiladi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi idoraviy nazorat O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘zlariga biriktirilgan hududlarda amalga oshiradi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi jamoatchilik nazorati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida o‘rmonni undan foydalanish tartibi buzilishidan, shu jumladan o‘rmonni qonunga xilof ravishda kesishlardan hamda o‘rmonga boshqacha tarzda zararli ta'sir ko‘rsatilishidan muhofaza qilinishini ta'minlaydi.
Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rmonda yong‘inning oldini olish, yong‘inga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta'minlaydi, zarur hollarda yong‘inni o‘chirish uchun aholini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘t o‘chirish, yer qazish texnikasini hamda transport vositalarini jalb etadi, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda aholining o‘rmonda bo‘lishini hamda o‘rmonlarga transport vositalari va boshqa vositalar kirishini cheklaydi yoki taqiqlaydi.
O‘rmondan foydalanuvchilar o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etishi, ish joylarida yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishi, o‘rmonlarda yong‘inlar chiqqan taqdirda esa ularning o‘chirilishini ta'minlashi shart.

Download 0.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari quyidagilar orqali amalga oshiriladi

Download 0.5 Mb.