• O‘rmonlar belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq quyidagi qo‘riqlanish toifalari jumlasiga kiritiladi
  • O‘rmon xo‘jaligini tashkil etish




    Download 0.5 Mb.
    bet7/11
    Sana02.02.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #40759
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Ekalogiya3.4
    2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR, 6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, Ekalogiya2, nutq, Elektr induksiya vektori va elektr induksiya kuch chiziqlari. El-www.hozir.org, 8672-Текст статьи-20729-1-10-20230506, 2-son Tezis (2)
    O‘rmon xo‘jaligini tashkil etish:
    o‘rmonlarning himoya qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va boshqa foydali tabiiy xususiyatlarini saqlash hamda kuchaytirishni;
    o‘rmonlardan oqilona foydalanishni;
    o‘rmonlarni ko‘paytirishni, takroriy ko‘paytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni, tur tarkibi va sifatini yaxshilashni;
    o‘rmonlarni yong‘inlardan muhofaza qilishni, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilishni;
    o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlashni;
    o‘rmonlarning yetilish yoshini, kesish usullarini va o‘rmondan foydalanish normalarini belgilashni;
    o‘rmon fondi yerlaridan oqilona foydalanishni ta'minlashi kerak.
    O‘rmonlar belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq quyidagi qo‘riqlanish toifalari jumlasiga kiritiladi:
    o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;
    o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
    eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar;
    o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari;
    cho‘l va chala cho‘l zonalarining o‘rmonlari;
    shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lari;
    shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlar;
    suv ta'minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar;
    alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
    yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlar;
    o‘rmonlarning mevali daraxtzorlari;
    davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlari;
    majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining o‘rmonlari;
    tabiat bog‘larining o‘rmonlari;
    buyurtma qo‘riqxonalarning o‘rmonlari;
    kurort tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
    davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlari;
    davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
    ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar.
    O‘rmonlarni qo‘riqlanish toifalariga kiritish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
    O‘rmonlarni ko‘paytirish o‘rmondan foydalanuvchilar tomonidan hududlarning serdaraxtligini oshirish, o‘rmonlarning tur tarkibini yaxshilash, qimmatli daraxt navlarini ko‘paytirish va eroziya jarayonlarining oldini olish maqsadida quyidagilar orqali maxsus dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
    daraxtlar va butalarning ko‘chatlarini, urug‘larini ekish;
    tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarini bajarish;
    qimmatli daraxt navlarini ko‘paytirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, manzarali, mevali daraxtlar va butalar yetishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
    O‘rmonlarni ko‘paytirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yo‘llar bilan ham amalga oshiriladi.
    O‘rmonlarni ko‘paytirish uchun beriladigan, qishloq xo‘jaligiga va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar qonun hujjatlariga muvofiq o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkaziladi.

    Download 0.5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rmon xo‘jaligini tashkil etish

    Download 0.5 Mb.