• Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida
  • O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritishda ishtirok etadi




    Download 0.5 Mb.
    bet4/11
    Sana02.02.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #40759
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Ekalogiya3.4
    2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR, 6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, Ekalogiya2, nutq, Elektr induksiya vektori va elektr induksiya kuch chiziqlari. El-www.hozir.org, 8672-Текст статьи-20729-1-10-20230506, 2-son Tezis (2)
    O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritishda ishtirok etadi
    qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanish, pichan o‘rish, chorva mollarini o‘tlatish, daraxtzor hamda butazorlarni kesish, shuningdek asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun ruxsatnoma beradi;
    o‘rmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi;
    o‘rmon fondi yerlaridagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklarini yuritish, boshqarish hamda rivojlantirishni tashkil etadi;
    o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarining bajarilishini tashkil etadi;
    o‘rmonlarning mahsuldorligini oshirish maqsadida ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etadi, o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi;
    manzarali, mevali daraxtlar va butalarni yetishtirishga, dorivor o‘simliklarning plantatsiyalarini barpo etishga doir usullarni ishlab chiqadi, manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlashtirish hamda standartlashtirishning yagona tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta'minlaydi;
    o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini, davlat o‘rmon kadastrini belgilangan tartibda yuritadi;
    o‘rmonlarni yong‘inlar, zararkunandalardan va kasalliklardan himoya qilishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini, o‘rmonlarning qonunga xilof ravishda kesishlardan hamda o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqacha tarzda buzilishlaridan muhofaza qilinishini ta'minlaydi;
    o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishni, ko‘chat yetishtirishni, dorivor o‘simliklar yig‘ishni, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni hamda qayta ishlashni, xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etadi;
    o‘rmon xo‘jaligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi.
    O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
    davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
    normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, o‘z vakolatlari doirasida qoidalar, normalar va normativlarni tasdiqlaydi;
    davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;
    o‘rmon fondidan barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash materiallarining, o‘rmon tuzish loyihalarining, davlat o‘rmon fondining tabiiy resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq loyihaoldi, loyiha hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi;
    davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosi obektlaridan maxsus foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi.
    Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
    davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
    hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
    davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi uchastkalarini beradi, bundan o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari, yerlari, o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari, suv ta'minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar, davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qo‘riqxonalarning, umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari mustasno;
    pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalarini davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining taqdimnomasiga binoan tasdiqlaydi;
    o‘rmonlarning davlat hisobi va davlat o‘rmon kadastri yuritilishini ta'minlaydi;
    davlat nazoratini amalga oshiradi;
    o‘rmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
    davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
    jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
    aholi o‘rtasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi, davlat organlariga ko‘maklashishi mumkin.

    Download 0.5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritishda ishtirok etadi

    Download 0.5 Mb.