O‘rmonlarni qayta tiklash quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi




Download 0.5 Mb.
bet8/11
Sana02.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#40759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ekalogiya3.4
2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR, 6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, Ekalogiya2, nutq, Elektr induksiya vektori va elektr induksiya kuch chiziqlari. El-www.hozir.org, 8672-Текст статьи-20729-1-10-20230506, 2-son Tezis (2)
O‘rmonlarni qayta tiklash quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:
daraxtlar kesilgan, yong‘inlar, o‘rmon zararkunandalari, kasalliklari va boshqa salbiy ta'sirlar oqibatida zararlangan joylarda xo‘jalik jihatidan qimmatli daraxtlar turlarini majburiy ravishda ekishni ta'minlash;
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurg‘oqchilikka, zararkunandalar va kasalliklarga chidamli o‘simliklar turlarini tanlashga doir tavsiyalarga rioya etish;
o‘rmonlarning tur tarkibini yaxshilash, ularning mahsuldorligini va himoya xususiyatlarini oshirish;
o‘rmonning tabiiy ravishda tiklanishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
o‘rmonlarning genetik fondi va biologik xilma-xilligini saqlab qolish.
O‘rmonlarni qayta tiklash tartibi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
O‘rmonlarning mahsuldorligini oshirish o‘rmonlarni takroriy ko‘paytirish, ularning tur tarkibini yaxshilash, o‘rmon melioratsiyasi va o‘rmonlarni plantatsiya usulida yetishtirish natijasida amalga oshiriladi.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin. O‘rmondan foydalanish umumiy yoki maxsus bo‘lishi mumkin.
O‘rmondan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul va o‘z ehtiyojlari uchun belgilangan hajmlarda, ushbu Qonun 36-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan foydalanish turlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rmondan maxsus foydalanish uchun haq to‘lanadi. To‘lovlar miqdori va ularni undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘rmondan foydalanish doimiy va vaqtincha bo‘lishi mumkin. O‘rmon fondi yerlari o‘zlariga doimiy egalik qilishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari o‘rmondan doimiy foydalanuvchilardir.
O‘rmondan qisqa muddatli yoki uzoq muddatli foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar asosida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilardir.
O‘rmondan vaqtincha foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin.
O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan beriladi.
O‘rmondan maxsus foydalanishni amalga oshirishga ruxsatnoma, o‘rmon kesish (o‘rmon) chiptasi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi, bundan ushbu Qonunning 47-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Download 0.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rmonlarni qayta tiklash quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi

Download 0.5 Mb.