• Ikki sovituvchida toblash (uzluksiz toblash) (ii)
  • Bosqichli toblash (III)
  • Izotermik toblash
  • Po‘latni toblash usullari




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/12
    Sana10.12.2023
    Hajmi0,97 Mb.
    #114932
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    7-modul. Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Rеja

    Po‘latni toblash usullari 
    Usulni tanlash po‘latning kimyoviy tarkibiga, detalning shakli va o‘lchamlariga, 
    shuningdyoq toblangan po‘latda qanday xossalar bo‘lishi kerakligiga bog‘liq. 
    Bir sovituvchida toblash (i) 
    Toblash temperaturasigacha qizdirilgan po‘lat suv yoki moyga solinadi: 2-5 
    mm o‘lchamdan kattalari suvga, kichiklari moyga. Bu usuldan uglerodli va 
    legirlangan po‘latdan yasalgan oddiy formadagi detallarni tablashda va avtomatik 
    tablashda ishlatiladi (avtomatik tushadi, pechdan sovitishga). Kamchiligi: katta 
    ichki kuchlanishlar paydo bo‘ladiBuni kamaytirish uchun detalni suvga 
    tashlashdan oldin, havoda biroz sovitib olinadi. 
    Ikki sovituvchida toblash (uzluksiz toblash) (ii) 
    Bundan ichki kuchlanishlarni kamaytirish uchun foydalaniladi. Detalь suvda tez 
    400-300
    o
    Сgacha sovitiladi, so‘ng moyda sekin (yoki havoda) sovitiladi. 
    Rasm 5 Toblash usullari 
    Bu usul ko‘p uglerodli po‘latlardan yasalgan kesgichlarni toblashda 
    ishlatiladi. Kamchiligi: detalning birinchi sovituvchida tutib turish vaqtini tartibga 
    solish juda qiyin, chunki bu vaqt bir necha sekundchaginaga teng. 


    Bosqichli toblash (III) 
    Detal M

    dan yuqori haroratda (austenitni martensitga aylana boshlash 
    temperaturasidan yuqorida) barcha hajmi shu temperaturagacha kizimaguncha 
    ushlab turiladi. So‘ng moyda yoki havoda sekin sovitiladi. Bu usulda ichki 
    kuchlanish kamayadi. Bu usul uglerodli po‘latdan yasalgan mayda detallar 
    (diametri yoki kalindligi 10 mm gacha) uchun ishlatiladi. 
    Izotermik toblash 
    Detallar suyuqlantirilgan tuz yoki suyuqlantirilgan ishqorga solinadi. 
    Bosqichli tablashdan farq qilib, detal sovitish muhitda austenitning izotermik 
    parchalanish protsessi batamom tugaguncha tutib turilgandan so‘ng havoda 
    sovitiladi. Bunda struktura beynit (ninasimon trostit), qattiqligi boshqa 
    usullarnikidan pastroq - HRC=45-55; qovushqoqligi-plastikligi yuqorirok. 

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish