Xodimlarni qabul qilish madaniyati




Download 328.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana16.11.2022
Hajmi328.5 Kb.
#30619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9-mavzu.Tadbirkorlik etikasi va madaniyati (1)
Mb8Novfun1iwPLRy1kd4U6Ia5LUVHz5aHmtOJAoy
Xodimlarni qabul qilish madaniyati. Tadbirkor o‘z navbatida rahbardir. U 
xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo‘lishi lozim. Chunki xodimlarni qabul qilish, 
ularning tashvishlariga quloq solish, og’irlarini engil qilish har bir rahbarning burchi va 
vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ham qabul madaniyatiga rioya qilish uchun rahbar 
quyidagilarga e’tibor bermog’i lozim: 

suhbatdoshingizni qancha vaqtingiz borligi to‘g‘risida ogohlantiring; 

faqat suhbatdoshingiz gaplarini inobatga olib, vaziyatni ko‘z oldingizga 
keltiring; 

to’xtatib bo‘lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o‘zingizni tiying; 

o‘z fikringizni ishonchli va batafsil bayon ayting; 

o‘z g’oyangizni izchillik bilan bayot yeting; 

ovozingizni baland qilmasdan gapiring, so‘zlaringiz dona-dona va ravon 
bo‘lsin; 

qarshi tanbeh hollarda o‘zingizga nisbatan tanqidiy yondashing; 

shunchaki fikrlash yoki haqiqatan ham shunaqami – bular o’rtasidagi 
farqni biling; 

savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo‘lsin; 

muammo muhokamasini aniq yechim bilan tugating; 

ishni qalashtirmang, zudlik bilan ko’rsatma bering; 

suhbatdoshingizni yumushi o‘zi uchun o‘ta muhim yekanligini unut- 
mang. 
Qabulingizda bo‘lgan shaxsning muammosini hal etishga 
imkoniyatbo‘lmagan taqdirda ham siz uni samimiy iltifot bilan kuzating va xayrixohlik 
bilan ishining o’nglanib ketishiga umid baxshida yeting. 
Umuman, xizmat yuzasidan qabul chog’ingizda quyidagi qoidaga rioya qilsangiz, 
nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi: 
Uchrashuv chog’ida – xushfe’llik. Quloq solish chog’ida – e’tibor, rag’bat. 
Bahslashuv chog’ida – ko’p narsani bilishga qiziquvchanlik. Tanqid chog’ida – 
o‘zini tuta bilish. 
Tashkilotda rahbarlardan qaysi biri, qanday masala yuzasidan kishilarni qabul 
qilishi aniq belgilab qo‘yilishi zarur. Bo’ysunuvchilarni iltimosiga ko’ra, qabul qilganda 
rahbar ularga iltimos va takliflarini qisqa bayon qilishni o’rgatishi lozim. Agar rahbar o‘zi 
taklif yetib qabul qilsa, bo’ysunuvchi bu haqda oldindan xabardor qilinishi kerak. Suhbat 
chog’ida ishonch muhitini vujudga keltirishi lozim, suhbatdoshni majbur qilish, sha’nini 


43 
kamsitish mumkin emas. 

Download 328.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 328.5 Kb.
Pdf ko'rish