Tadbirkor va yollangan ishchilar




Download 328.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana16.11.2022
Hajmi328.5 Kb.
#30619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9-mavzu.Tadbirkorlik etikasi va madaniyati (1)
Mb8Novfun1iwPLRy1kd4U6Ia5LUVHz5aHmtOJAoy
4. 
Tadbirkor va yollangan ishchilar 

tadbirkor yollangan ishchilarning iqtisodiy manfaatlari va insoniy qadr-
qiymatlariga nisbatan barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. U o‘z ishchilaridan 
qonunlarga amal qilishini talab etadi va o‘zi ham shunga rioya qiladi; 

muayyan huquq va majburiyatlar mavjud qonun doirasida mehnat 
shartnomalarini tuzish chog’ida aks yettiriladi. 
5. 
Tadbirkor va tadbirkorlar ittifoqining boshqa a’zolari 

tadbirkorlar ittifoqi a’zolari uchun qonunga muvofiq raqobat majburi- ydir 
va axloqning muayyan tamoyillariga amal qilishni talab qiladi; 

teng huquqli bo‘lmagan sharoitdagi har qanday bozor faoliyati (raqo- bat) 
qabul qilingan me’yorlarga zid hisoblanadi. O‘z xususiy mahsuloti yoki xizmatlarini 
raqobatchilar zaifligi hisobiga reklama qilish axloqsizlikka kira- di; 

raqobatchilik kurashida tadbirkor siyosiy mansubligi yoki jamiyatdagi 
egallagan mavqyei va afzalliklaridan foydalanishga haqqi yo’q. Tadbirkorlar 
raqobatchilarning mualliflik huquqi yoki patent huquqini tan olishi shart; 

kredit va nafaqalarga taalluqli takliflar tanlov asosida taqsimlanadi, na- 
tijalar zudlik bilan barcha manfaatdor tomonlarga yetkaziladi. Ittifoq a’zolari o’rtasida 
munozarali masalalar vujudga kelgan taaqdirda, ular o‘zaro kelishuvga muvofiq bu 
masalani ittifoq nazorat kengashiga kiritishi mumkin. Qabul qilingan qaror ikkala tomon 
uchun ham bajari-lishi majburiy hisobla- nadi. 
6. 
Javobgarlik va ta’qiqlar 

tadbirkorlar ittifoqiga a’zolik, har bir tadbirkordan mazkur axloq ko- deksiga 
rioya etilishini talab qiladi; 

axloq kodeksiga amal qilmaslik va uning har qanday tamoyillarini buzish, 
ittifoqdagi muayyan a’zoning a’zoligini to’xtatish uchun asos bo‘ladi. Har bir aloqida hol 
ittifoq boshqaruvi tomonidan ittifoq a’zosi ishtirokida ko’rib chiqiladi; 

qaror ustidan shikoyat qilishga faqat tadbirkorlar ittifoqi sezdi oldidan 


40 
imkoniyat mavjud bo‘lib, uni bekor qilish yoki kuchda qoldirish masalasi ko’rilishi 
mumkin. 
Ko’rib turibmizki, kodeksda gap tadbirkorning xulq-atvori me’yorlari to‘g‘risida, 
uning ish usuli, kishilar bilan muomala qilish tabiati, ijtimoiy qiyofasiga nisbatan 
madaniy jamiyat qurayotgan talablar to‘g‘risida bormoqda. 

Download 328.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 328.5 Kb.
Pdf ko'rish