• Yaponiyaning boshqarish uslubi
  • Tadbirkor rahbarning tashkilotchiligi
  • Xo’sh, boshqarish san’ati nima?




    Download 328.5 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/12
    Sana16.11.2022
    Hajmi328.5 Kb.
    #30619
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    9-mavzu.Tadbirkorlik etikasi va madaniyati (1)
    Mb8Novfun1iwPLRy1kd4U6Ia5LUVHz5aHmtOJAoy
    Xo’sh, boshqarish san’ati nima? Boshqarish san’ati tadbirkor rahbar- lardan 
    talab qilinadigan eng asosiy xislatlardan bo‘lib, uning qo‘l ostidagi ishchi-xizmatchilar 
    bilan yaxshi munosabat o’rnatishi, korxonada ishlab chiqarishning eng samarali 
    natijalarini beradigan muhit yaratishni taqozo etadi. 
    Yaponiyaning boshqarish uslubi ana shu tamoyil asosiga qurilgan. Yaponlarning 
    boshlang’ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini ijtimoiy himoya qilish bilan birga 
    ma’naviy tarbiyalab boradilar, inson ro’hiyatidan (psixologiyasidan) to‘g‘ri 
    foydalanadilar, ishchini ishga tayyorlash jarayon- ida xalqqa ma’lum bo‘lgan uslublarni 
    qo‘llaydilar, ya’ni bajariladigan ish- ning nozik tomonlari va qat’iylikni o’rgatadilar. 
    Ishchining ish joyini tez-tez o‘zgartirishi qat’iy qoralanadi, shu sababli ishchilar bir ish 
    joyida uzoq yillar davomida ishlab, o‘z kompaniyasiga sodiq bo‘lishadi. Natijada, 
    ishchilarning tajribasi va malakasi juda yuqori bo‘ladi, bu esa , o‘z navbatida, mehnat un- 
    umdorligining o’sishi, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga olib keladi. 
    Bizda ham har bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday uslubni tashkil qila 


    44 
    olishi kerak. Shundagina sifatsiz mahsulot sonini kamaytirib, yuqori sifatli mahsulot 
    olishga erishish mumkin. 
    Tadbirkor rahbarning tashkilotchiligi – mehnat jamoasini uyushtirish, 
    jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga ta’sir ko’rsatish, guruh 
    faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobiliyati kabi masalalarni qamrab oladi. 
    Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatlarga tez erishadi? Ruhshunos olimlar uning 
    bir necha omillarga bog’liqligini ta’kidlaganlar. 
    Bular quyidagilardir: 
    Tadbirkor rahbarda tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bo‘lishi: 

    jamoada sof axloqiy muhit paydo qila olishi, hammaning hamkorlikda 
    harakat qilishini ta’minlay olishi; 

    kishilarni ishontira olishi va jamoada o‘zaro yaxshi munosabatlarni qaror 
    toptirish uchun shart-sharoit yaratishi. 
    Rahbarning kishilar bilan til topib ishlash mahorati: 

    tadbirkor o‘z qo‘l ostidagilarning nimaga qodirligini hisobga olib ish- 
    larni taqsimlashi; 

    kishilarni uyushtirishning eng muhim omillaridan foydalanishi; 

    har bir kishining ro’hiy-psixologik kayfiyatlariga mos ravishda mu- loqot 
    qilishi. 
    Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida ishbilarmonligi: 

    ishlab chiqarish va boshqa jabhalarda har xil muammolarni hal etishda eng 
    qulay yo‘llarni izlab topish; 

    vijdonlilik va adolatlilik; 

    boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish. 
    Rahbar faoliyatida ijro etish qobiliyatining namoyon bo‘lishi: 

    kasbiy malaka va ko’nikmaga ega bo‘lishi; 

    texnik vazifalarni hal etishga uquvliligi; 

    yangiliklar va g’oyalarni ishlab chiqarishga joriy etib borishi. Tadbirkor 
    rahbarning qarorlarni qabul qilishdagi uquvi: 

    mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish; 

    qabul qilgan qarorining oqibati va natijalarini ko’ra bilishi; 

    ishlab chiqarishda sodir bo‘luvchi turli holatlarni hisobga olib borishi, 
    tanglikdan qutulish yo‘llarini izlashi; 

    noto‘g‘ri qaror qabul qilganda o‘z xatolarini bo’yniga olishi; 

    xodimlarni boshqaruv masalalariga ko’proq jalb etishi. Tadbirkor 
    rahbarning kishilarga munosabati: 

    o‘z va’dasi, so‘zining ustidan chiqishi; 

    kishilarni bir-biridan ajratmasligi – hammaga bir xil munosabatda bo‘lishi; 

    o‘z qo‘l ostidagilar va boshqalarga tavozeda bo‘lishi va o‘zini tuta 
    bilishi, odobliligi va xushmuomalaligi; 

    kishilarga 
    munosabatda 
    har 
    bir 
    kishining 
    ruhiy-psixologik 
    xususiyatlarini hisobga olib muomalada bo‘lishi. 
    Tadbirkor rahbarning o‘z-o‘ziga talabchanligi: 


    45 

    o‘z xatti-harakatlarini tanqidiy baholay olishi; 

    o‘z imkoniyatlarini hisobga olib ishlashi; 

    boshqalarning unga bergan yaxshi va yomon baholarini tahlil yetib
    ulardan tegishli xulosa chiqarishi. 
    Rahbar o‘zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, ma’naviy va 
    ishbilarmonlik sifatlarini mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. 
    Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari: 

    Download 328.5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 328.5 Kb.
    Pdf ko'rish