• Hikmat odobi
  • 9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati




    Download 328.5 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/12
    Sana16.11.2022
    Hajmi328.5 Kb.
    #30619
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    9-mavzu.Tadbirkorlik etikasi va madaniyati (1)
    Mb8Novfun1iwPLRy1kd4U6Ia5LUVHz5aHmtOJAoy
    Tadbirkor madaniyati 
    Tadbirkor madaniyati deganda tadbirkor odobi va iqtidori o’rtasidagi 
    dialektik bog’lanish tushuniladi. Bu bog’lanish quyidagi fazilatlar majmua- sida 
    o‘z aksini topadi: 
    Odob – aqlning suyanchig’i, barcha fazilatlarning mezoni. Bejiz xalqimizda: “Aql 
    bilan odob – egizak”, deyishmaydi. Odob – yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, 
    foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi o‘z jonini yomon 
    xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ay- blardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi. 
    Odob tadbirkorni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari 
    bunday tadbirkordan har ishda rozi bo‘lishadi. Odobli tadbirkor esa kundan kunga obro’ 
    topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi. 
    Umuman odob ikki xil bo‘ladi: 

    hikmat odobi; 

    xizmat odobi. 
    Hikmat odobi poklik va to‘g‘ri yo‘lga etaklaydi. Xizmat odobi esa badavlatlik va 
    obro’ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug’ fazilat bo‘lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli 
    qiladi. 
    Odob rahbarni aql va axloq egasi bo‘lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko’ngilli, 
    subutli bo‘lishga da’vat etadi. 
    Imon arabcha so‘z bo‘lib, lug’aviy ma’nosi – ishonchdir. Imonli ki- shini, xususan 
    rahbarni yoki tadbirkorni qisqacha shunday tavsiflash mum- kin: 

    e’tiqodli, ya’ni o‘z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan 
    ishonish va o‘zgalarni ham o‘zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir. 
    Ye’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqozo etadi; 

    maslakli, ya’ni o‘ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi 
    ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g’oyaviy va diniy yo‘l sohibi; 

    taqvodor, ya’ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan; 

    sharm-hayoli, ya’ni har qanday nojo’ya xatti-harakatlardan o‘zini tiya 
    oladigan; 


    Download 328.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 328.5 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati

    Download 328.5 Kb.
    Pdf ko'rish