• Sohibqiron Amir Temur kengash to‘g‘risida shunday deydi
  • Tadbirkor rahbar faoliyatining ro’hiy-psixologik xususiyatlari
  • Ma’muriy-tashkiliy uslub
  • Kengash va majlislarni olib borish madaniyati




    Download 328.5 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet8/12
    Sana16.11.2022
    Hajmi328.5 Kb.
    #30619
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    9-mavzu.Tadbirkorlik etikasi va madaniyati (1)
    Mb8Novfun1iwPLRy1kd4U6Ia5LUVHz5aHmtOJAoy
    Kengash va majlislarni olib borish madaniyati. Tadbirkor rahbar kengash va 
    majlislarni olib borish madaniyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Kengash – jamoa fikri. Aql 
    zakovatini muayyan masalani muhokama etish va oqilona qaror qabul qilish maqsadida 
    uyushtirilgan majlisdir. Sohibqiron Amir Temur kengash to‘g‘risida shunday deydi: 
    “Kengash ikki turli bo‘lur. Biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi – dildan chiqqani. Til 
    uchida ay- tilganini (shunchaki) eshitardim. Dildan aytilgan maslahatni esa qalbim 
    qulog’iga quyardim va dilimga joylardim. Agar (g’anim ustiga) lashkar tortmoqchi 
    bo‘lsam, urush-yarashdan o’rtaga so‘z tashlab, amirlarim ko’ngillarining bu ikkovidan 
    qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar yarashdan so‘z ochsalar. Buning 
    foydasini urush ziyoniga solishtirib ko’rardim. Agar urushga moyil bo‘lsalar, uning naf 
    va foydasini yarash ziyo- niga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, shuni 
    ixtiyor qi- lardim”. 
    Tadbirkor rahbar faoliyatining ro’hiy-psixologik xususiyatlari 
    Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlik, 
    boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari, asosan, ongli 
    ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga 
    ko’ra tarbiyaviy, moddiy rag’batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo‘linadi. 
    Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishi, ruhiyatiga va boshqa 
    ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi. 
    Moddiy rag’batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot 
    sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi. 
    Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan 
    bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va mehnat taqsimotini rejali olib borish uchun 
    qo‘llaniladi. Bu uslub ikki turda bo‘lishi mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va 
    bir martalik bo‘lishi mumkin. Shart- sharoitiga ko’ra, kerakli uslub qo‘llaniladi va bu 
    takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad 
    daromadni to‘g‘ri taqsimlash, har bir ishchi, xizmatchining o‘z mehnatiga yarasha 
    daromad ol- ishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tatbiq 
    etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo‘lishiga ishonch hosil 
    qilsin. 

    Download 328.5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 328.5 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kengash va majlislarni olib borish madaniyati

    Download 328.5 Kb.
    Pdf ko'rish