• Axborot konturi.
  • Boshqarish tizimining ishlashi.
  • A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
    Boshqarish — bu o‘ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga 
    yo‘naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida 
    omon qolish, ko‘proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir. 
    Boshqarish muayyan bir tashkilotning o‘ziga xos faoliyatiga bog‘liq holda 
    maqsadlarni barqarorlashtirish, sifat belgilarini, muhit bilan 
    iqtisodiy 
    muvozanatni saqlash, takomillashtirish va samaradorlikka erishishni ta’minlashga 
    yo‘naltirilgan jarayondir. 
    Boshqarishni amalga oshirish alohida vazifa sanaladi. Uni bajarish uchun 
    tashkilotning ayrim elementlari ixtisoslashadi. Shu bois ham tashkilot doirasida 
    boshqariladigan jarayon (boshqarish obyekti) va boshqaruvchi qism (boshqaruv 
    organi)ni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning yig‘indisi boshdaruv tizimi 
    sifatida belgilanadi. 
    Boshqariladigan obyekt kirish oqimlarini (masalan, xom-ashyo, materiallar) 
    chiqish mahsulotlariga (tayyor mahsulot) aylantirish bo‘yicha operatsiyalar 
    yig‘indisini bajaradi. 
    Boshqaruvchi qism oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish jarayonida 
    boshqariluvchi obyektni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan operatsiyalar 
    yig‘indisini bajaradi. 
    Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan 
    ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun unga 
    boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab 
    etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta’sir 
    ko‘rsatadi. Ikkala qismning bir-biriga o‘zaro ta’siri axborotni uzatish shaklida 
    amalga oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi 
    mavjud bo‘ladi. 
    Boshqarish tizimining ishlashi. Boshqarish tizimining ishlashi axborot 


    138 
    bazasida, oldiga qo‘yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, 
    uning kirish va chiqishlari holati bo‘yicha amalga oshiriladi. Obyektni boshqarish 
    boshqaruvchi ta’sirni uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi . Tashqi muhit bilan 
    aloqa tizimi strelka bilan ko‘rsatilgan . Boshqarishning asosiy tamoyili — teskari 
    aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo‘yicha boshqarish). 
    Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan. Shundan 
    kelib chiqib boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq 
    keluvchi maqsad va hajm o‘rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko‘rib 
    chiqish mumkin. 
    Boshqarish tizimining ishlashi tasodifiy yoki muttasil ta’sirlar manbai 
    bo‘lgan tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir sharoitlarida ro‘y beradi, ular boshqarish 
    obyekti chiqishida ham, boshqaruv jarayoni kechishida ham kamchilik chiqarishi 
    mumkin. Boshqarish jarayonida to‘g‘ri va teskari aloqa kanallari bo‘yicha 
    tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi 
    kechadi. Oldiga qo‘yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi 
    qismi boshqariluvchi obyektga axborot uzatishning to‘g‘ri kanali bo‘yicha 
    boshqaruvchi ta’sirlar jo‘natadi. Teskari aloqa kanali bo‘yicha boshqariluvchi 
    obyektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari 
    haqida axborot kelib tushadi.
    Tizimning boshqaruvchi qismi kirishida keladigan axborot ta’sir 
    ko‘rsatadi. U boshqarish obyektidan (masalan, xom-ashyo, materiallar 
    keltirilganligi haqidagi ma’lumotlar) tashqaridan hamda ichkaridan olingan 
    ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
    Ko‘rilganlardan kelib chiqilsa, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi 
    obyektga boshqaruvchi ta’sir ko‘rinishida yetkaziluvchi qarorlar qabul qilish 
    uchun barcha kelib tushuvchi axborotni tizimning boshqariluvchi qismida qayta 
    ishlash, deb izohlash mumkin.

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish