• Boshqaruv tizimining pog‘onaliligi.
  • A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
    Tashkilotning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish 
    maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar 
    haqida axborotga ega bo‘linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, 


    139 
    uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi 
    xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning axborot tizimini tashkil etadi. Bu 
    tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o‘zgarishlarga uchraydi, uning 
    tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan 
    ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni 
    yig‘ish tizimi ko‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni 
    shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish 
    tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang‘ich yig‘ish va 
    undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq. 
    Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish 
    tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir 
    ko‘rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi. 
    Axborot tizimiga texnologik yondashuv uni axborot protseduralarini 
    (ma’lumot yig‘ish, ro‘yxatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va 
    hokazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog‘liq boshqaruv jarayonlarining 
    biri sifatida ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Boshqarishni avtomatlashtirish 
    birinchi galda axborotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan. 
    Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar obyekti 
    sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondashuv esa axborotning 
    ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi. 
    Boshqaruv tizimining pog‘onaliligi. Odatda istalgan tashkilot bir necha 
    obyektlardan iborat murakkab kompleks bo‘lib, ularning o‘zi ham boshqaruv 
    jarayoni va qismlaridan tashkil topgan. Shu bois ham kompleksning kelishilgan 
    holda ishlashi uchun qo‘shimcha boshqarish qismi kiritiladi. U boshqa boshqarish 
    qismlari va boshqariluvchi jarayonlar (lokal boshqarish tizimlari kabi) 
    harakatlarini muvofiqlashtiradi, 
    ular faoliyatini kompleksning umumiy 
    maqsadlarini bajarishga yo‘naltiradi. Ancha murakkab tuzilishli boshqaruvchi 
    jarayonda boshqarish qismi ko‘p darajali tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin. Bu 
    ko‘plab boshqaruv tizimlari uchun xos xususiyat. 
    Odatda obyektning boshqarish qismida boshqarishning oliy, o‘rta, quyi 


    140 
    darajasi farqlanadi. Ulardan har biri o‘z funksiyalari to‘plami, kompetensiya 
    darajasi bilan izohlanadi va tegishli axborotga muhtoj bo‘ladi.
    Boshqarishning yuqori darajasida strategik boshqarish, tashkilot vazifasi, 
    boshqarish maqsadlari, uzoq muddatli rejalari, ularni amalga oshirish strategiyasi 
    belgilanadi. Boshqarishning o‘rtacha darajasi 
    — texnik boshqaruv darajasi hisoblanadi. 
    Bunda taktik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish nazorat qilinadi, 
    resurslar kuzatib boriladi va hokazo. Boshqaruvning quyi darajasida tezkor 
    boshqaruv rejasi, ya’ni, hajm-taqvim (kalendar) rejalari bajariladi, tezkor nazorat 
    va qayd etish amalga oshiriladi.
    Boshqarish darajasi (boshqaruv faoliyat turi) hal etiladigan masalaning 
    murakkabligi bilan belgilanadi. Masala qanchalik murakkab bo‘lsa, uni hal etish 
    uchun shunchalik yuqori darajadagi boshqaruv talab etiladi. Bu o‘rinda shuni 
    nazarda tutish kerakki, tezkor hal etishni talab etuvchi oddiy masalalar nisbatan 
    ko‘p yuzaga keladi. Demak, ular uchun tezkor qaror qabul qilinadigan, nisbatan 
    quyi boshqaruv darajasi qabul qilinadi. Boshqaruv paytida shuningdek, qabul 
    qilinadigan qarorlarni amalga oshirish dinamikasini ham hisobga olish zarur. Bu 
    hol boshqaruvga vaqtinchalik omil nuqtai nazaridan qarash imkonini beradi.
    Tezkor boshqaruv darajasi ko‘p marta qaytariluvchi vazifalar va 
    operatsiyalarini hal etishni hamda keladigan joriy axborotlar o‘zgarishini tez 
    qayd etishni ta’minlaydi. Mazkur darajada bajariladigan operatsiyalar hajmi ham, 
    boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham yetarlicha yuqori. Uni 
    ko‘pincha vaziyat o‘zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor 
    boshqaruv darajasi, deb ham yuritishadi.
    O‘rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayyorlangan 
    axborotlarni oldindan tahpil etishni talab qiladigan masalalar yechimini 
    ta’minlaydi. Mazkur darajada boshqaruvning tahlil vazifalari keng ahamiyatga 
    ega bo‘ladi. Hal etiladigan masalalar hajmi kamayadi, biroq ularning 
    murakkabligi oshadi. Ayni paytda kerakli yechimni har doim ham tezkor ishlab 
    chiqish imkoni bo‘lmaydi. Buning uchun yetmagan ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil 


    141 
    etish va fikrlashga qo‘shimcha vaqt talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan 
    vaqtdan to qaror qabul qilish va uni amalga oshirguncha, shuningdek qarorni 
    amalga oshirish vaqtidan to unga bo‘lgan ta’sirni qayd etguncha bo‘lgan ayrim 
    oraliq to‘xtalishlar bilan bog‘liq. 
    Strategik daraja tashkilotning uzoq muddatli strategik maqsadlariga 
    erishishga yo‘naltarilgan boshqaruv qarorlarini tanlashni ta’minlaydi. Madomiki, 
    qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt o‘tgach ko‘rinar ekan, 
    ushbu darajada strategik rejalashtirish kabi boshqaruv vazifalari muhim 
    ahamiyatga ega. Boshqaruvning boshqa funksiyalari bu darajada yetarlicha to‘liq 
    ishlab chiqilmagan. Ko‘pincha bosh-qaruvning strategik darajasi strategik yoki 
    uzoq muddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan 
    qarorning haqqoniyligi uzoq vaqt o‘tgachgana o‘z tasdig‘ini topishi mumkin. 
    Qaror qabul qilish mas’uliyati juda katta. Bu matematik va maxsus apparatlardan 
    foydalangan holdagi tahlil natijalari bilangina emas, shuningdek, menejerlarning 
    kasbiy intuisiyasi bilan ham belgalanadi. 
    Boshqaruvning har bir darajasidagi ma’lum bir mehnat taqsimoti boshqaruv 
    qismining alohida elementlariga rejalashtirish, tashkillashtirish, hisobga olish va 
    nazorat, bayon etish, tahlil va boshqaruv kabi alohida vazifalarni biriktirishga 
    olib keladi. Bu vazifalar turli hajmda va boshqaruvning turli darajasida amalga 
    oshiriladi. Ularning ayrimlari hatto boshqaruvning biror bir darajasida ham 
    amalga oshmasligi mumkin. 
    Tashkilotning boshqaruv qismida vazifa elementlarining mavjudligi axborot 
    tizimlarida tegishli kenja tizimlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
    Masalan, boshqaruv vazifasi sifatida rejalashtirish va nazoratning namoyon 
    bo‘lishi tashkilotning tashkiliy tarkibiga tegishli tarkibiy elementlarini, uning 
    axborot tizimi doirasida esa rejalashtirish yoki nazorat kenja tizimlarini hosil 
    qiladi. Ularning birinchisi biznes-reja ishlab chiqarish, marketing tadqiqotlari, 
    rejalar, moliyaviy rejalar va hokazolar shakllanishini, ikkinchisi — nazoratning 
    axborot ko‘magini ta’minlaydi. 
    Tashkilot faoliyat yuritayotgan iqtisod tarmog‘i va boshqaruv qismi 


    142 
    darajasiga ko‘ra, boshqaruv obyektidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborot ushbu 
    boshqaruv qismiga turli tezlik bilan kelib tushadi. Masalan, mashinasozlikda 
    zavod direktori ishlab chiqarish, to‘g‘risida har kuni sex boshlig‘idan har smena 
    haqida ma’lumot oladi, master esa ushbu ishlab chiqarishni kuzatadi. Qurilishda 
    axborot olish chastotasi pastroq. Neft-kimyo tarmog‘idagi texnologik 
    jarayonlarni boshqarish to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, u yerda axborot doimiy 
    ravishda kelib tushadi. 
    Shunday qilib milliy iqtisod tarmog‘ining turli boshqaruv darajasida 
    boshqaruv jarayoni to‘g‘risida axborot olish diskretligi turlichadir. Xuddi 
    shuningdek, tashkilotning boshqaruv organi tomonidan maqsadga muvofiq ushbu 
    jarayonni tuzatish zaruriyati axborot olish chastotasiga ko‘ra yuzaga keladi yoki 
    kelmaydi. 
    Quyida to‘liq boshqarishning asosiy vazifalari sanab o‘tilgan: 

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish