Metall va qotishmalaming xossalari



bet7/147
Sana27.09.2023
Hajmi
#84533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147
Bog'liq
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Lokal tarmoq texnologiyasi-fayllar.org, 8-mavzu Javascript tili, Assessment 2 (Topshiriq), Imomov 022-20 1-topshiriq, Assessment 3 (Topshiriq), Assessment 2 (Topshiriq), Assessment 1 (Topshiriq), Maxmudov Tarmoq MI, Oraliq 1, Документ Microsoft Word (2), ELEKTRONIKA M.ISH, Nutritsiologiya FD 2023-2024, 32, Korreksion P 9-mavzu eshirish
1.2. Metall va qotishmalaming xossalari


kengayish koeffitsiyenti xususiyatiga aytiladi. Issiqdan kengayuv- 
chanlik bilan xarakterlanadi, bu yerda j'ismning temperaturalardagi 
uzunligi. Hajmiy kengayish koeffitsiyenti 3 ga teng. Metallaming 
issiqdan kengayuvchanligi payvandlashda, bog‘lanishda hamda 
qizdirib hajmiy shtampkovkalashda, quyish qoliplari, shtamplar, 
prokat valiklari, kalibrlar tayyorlashda, aniq birikmalar hosil qilishda 
hamda priborlami yig‘ishda, ko‘prik fermalar qurishda, temir yo‘l 
relslami yotqizishda hisobga olinishi kerak. Metallning issiqlik sig‘imi 
deb, qizdirilganda uning m a’lum miqdordagi issiqlikni yutish 
xususiyatiga aytiladi. Issiqlik sig‘imi SI birliklar sistemasida J/kg.K 
bilan o ‘lchanadi. Turli metallaming issiqlik sig‘imi ulaming 
solishtirma issiqlik sig‘imi miqdoriga qarab solishtiriladi. Solishtirma 
issiqlik sig‘imi 1 kg metall temperaturasini 10°C ga ko‘tarish uchun 
kerak boiadigan, katta kaloriyada ifodalangan issiqlik miqdoridir (u 
SI birliklar sistemasida J/kg. K) bilan o ‘lchanadi.
Metallaming elektr tokini o ‘tkazish xususiyati ikkita o ‘zaro 
qarama-qarshi xarakteristikalar-elektr o‘tkazuvchanlik va elektr 
qarshiligi bilan belgilanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik SI birliklar 
sistemasida simens (Sm) da, solishtirma elektr o ‘tkazuvchanlik Sm/m 
da, shunga o ‘xshash elektr qarshiligi esa Om/m da o ‘lchanadi. Tok 
o‘tkazuvchi simlar (mis, aluminiy) yaxshi tok o ’tkazadi.
Kimyoviy jarayonlar natijasida qotishma tarkibining o ‘zgarishi 
kimyoviy xossalami ifodalaydi.
Kimyoviy xossalari. Metallar va qotishmalaming kimyoviy 
xossalari oksidlanishiga yoki turli moddalar: havodagi kislorod
kislota hamda ishqor eritmalari va boshqalar bilan birikishiga qarshi 
tura olish xususiyatiga qarab xarakterlanadi. Metall boshqa elementlar 
bilan 
qancha oson birikishga kirishsa, u shuncha tez yeyiladi. 
Metallaming tashqi agressiv muhit ta’siridan kimyoviy yemirilishiga 
korroziyalanish deyiladi. Metallaming korroziyaga, kuyindi hosil 
bo‘lishiga va erishiga qarshiligi vaqt birligi ichida sirt birligiga to‘g‘ri 
keladigan tekshirilayotgan namuna massasining o ‘zgarishi bilan 
belgilanadi. U yoki bu buyumlarni tayyorlashda metallaming kimyo­
viy xossalari albatta hisobga olinadi. Bu ayniqsa, kimyoviy agressiv 
muhitlarda ishlatiladigan buyum va detallarga taalluqlidir.
Buyumlar tayyorlashda mavjud materiallami qayta ishlash 
imkoniyatlari qanday darajada ekanligi materialning texnologik 
xossasi 
deyiladi. 
Qotishmalaming 
sovuqlayin 
yoki 
qizdirib
18


ishlanuvchanligi, quyish, boIg‘alash, payvandlash, kesib ishlashga 
qulayligi texnologik xossalarini belgilaydi. Materialning xossalarini 
bilgan holda buyum yasashning texnologik jarayonlarini loyihalash 
mumkin.
Kesib ishlanuvchanlik eng muhim texnologik xossalaridan biri 
hisoblanadi, chunki ko‘pgina tayyorlamalar, shuningdek, payvandlab 
tayyorlangan uzel va konstruksiyalaming detallariga mexanik ishlov 
beriladi. Ba’zi metallarga osongina ishlov berib, toza va silliq sirt 
hosil qilish mumkin. Qattiqligi past bo‘lgan juda qovushqoq metallar 
ham yomon ishlanadi. Sirtida timalgan joylar bo‘lib, g‘adir-budir 
chiqadi. Ishlov berishni yaxshilash uchun, masalan, po‘lat termik 
ishlanadi, bu bilan uning qattiqligi yo oshiriladi yoki kamaytiriladi.
Payvandlanuvchanlik metallaming xossalari asosiy metall xossa- 
lariga yaqin turgan payvand birikmalar hosil qila olish xususiyatidir. 
U payvandlangan namunani bukish va cho‘zishga sinab ko‘rib 
aniqlanadi.
Bolg‘alanuvchanlik metallga sovuqlayin yoki qizdirilgan holatda 
uni yemirilish alomatlarisiz bosim ostida ishlov berish xususiyatidir. 
Bolg‘alanuvchanlikni berilgan darajagacha deformatsiyalab, temir- 
chilik usulida bolg‘alab aniqlanadi. Namunaning cho‘kish balandligi, 
odatda, ikkilangan diametriga teng boMishi kerak. Agar uning yon 
sirtida darzlar paydo boMmasa, bunday namuna sinovga bardoshli, 
tekshirilayotgan metall esa bosim ostida ishlov berishga yaroqli 
hisoblanadi.
Materiallaming quyilish xossalari ulaming darzsiz bo‘shliqsiz va 
boshqa nuqsonlarsiz quyma hosil qila olish xususiyatini xarakterlaydi. 
Asosiy quyilish xossalariga suyuq holatda oquvchanlik, kirishuv- 
chanlik va likvatsiya kiradi.
Suyuq holatda oquvchanlik suyultirilgan metallning quyish qolipi 
bo‘shlig‘ini yaxshi to‘ldirish xususiyatidir.
Krisstallanishda kirishiuvchanlik suyuq holatdan qattiq holatga 
oHishda metall hajmining kamayishidir. U quymalarda kirishuv- 
chanlik bo‘shliqlari va g‘ovaklari hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Likvatsiya qotishmalaming kristallanishda paydo bo‘ladigan 
kimyoviy tarkibining bir jinslimasligidadir. Bu qotishmalar toza 
metallarga qaraganda qat’iy bir temperaturada emas, balki temperatura 
oralig‘ida kristallanish bilan tushuntiriladi. Qotishmaning kristallanish 
temperatura intervali qancha katta bo isa, likvatsiya shuncha tez
19


rivojlanadi. Bunda kristallanish temperatura oralig‘iga kuchli ta’sir 
qiladigan qotishma komponentlari po‘lat uchun (oltingugurt, kislorod, 
fosfor, uglerod) likvatsiyaga ko‘proq moyil bo‘ladi.
Metall va qotishmalaming texnologik xossalarini bukiluv- 
chanligini va takror bukiluvchanligini sinash, botiluvchanligini, 
cho‘kuvchanligini, yassilanuvchanlik, o ‘raluvchanlik, buraluvchanlik 
va boshqa xossalarini sinash usullari bilan aniqlanadi.

Download
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Metall va qotishmalaming xossalari