A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion



bet8/147
Sana27.09.2023
Hajmi
#84533
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147
Bog'liq
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Lokal tarmoq texnologiyasi-fayllar.org, 8-mavzu Javascript tili, Assessment 2 (Topshiriq), Imomov 022-20 1-topshiriq, Assessment 3 (Topshiriq), Assessment 2 (Topshiriq), Assessment 1 (Topshiriq), Maxmudov Tarmoq MI, Oraliq 1, Документ Microsoft Word (2), ELEKTRONIKA M.ISH, Nutritsiologiya FD 2023-2024, 32, Korreksion P 9-mavzu eshirish
Ekspluatatsion xossalari. Bu xossalar mashinaning ish sharoitiga 
bog‘liq holda maxsus sinovlari o ‘tkazib aniqlanadi. Ekspluatatsion 
xossalardan eng muhim yeyilishga chidamlilikdir.
Yoyilishga chidamlilik materialning yeyilishiga, ya’ni ishqalanish 
tufayli buyum tashqi sirtining yemirilishidan o ‘lchami va shaklini 
asta-sekin o‘zgartirishga qarshilik ko‘rsata olish xususiyatidir. Metal­
lami yeyilishga sinash laboratoriya sharoitida namunalarda, real eks- 
pluatatsiya sharoitida esa detallarda o‘tkaziladi. Namunalami sinashda 
ishqalanish sharoiti real sharoitga yaqin qilib olinadi. Namuna yoki 
detallaming yeyilish kattaligini turli usullar bilan, chunonchi 
o ‘lchamlami o ‘lchash, namunalami tortib ko‘rish kabi usullar bilan 
aniqlanadi. Ekspluatatsion xossalariga, shuningdek sovuqbardoshlik, 
issiqbardoshlik, antifikatsion xossalar va hokazolar ham kiradi.
Qotishmalaming tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olishi 
mexanik xossasini ifodalaydi. Asosiy mexanik xossalarga qattiqlik, 
cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi, zarbiy qovushoqlik, nisbiy 
uzayish va torayish kiradi. Metallaming tashqi kuchlar ta’siriga 
qarshilik xususiyati uning mexanik xossalari bilan xarakterlanadi. 
Shuning uchun ham mashina detallami tayyorlash uchun material 
tanlashda avvalo uning mexanik xossalariga, ya’ni mustahkamligi, 
elastikligi, plastikligi, zarbiy qovushqoqligi, qattiqligi va chidamligiga 
e ’tibor berish kerak. Bu xossalar metallga tashqi kuch (nagruzka) 
ta’sir ettirib, mexanik sinovlar natijalariga qarab belgilanadi. Tashqi 
kuchlar statik, dinamik yoki siklik (takror o‘zgaruvchan) bo‘lishi 
mumkin.
Qotishmaning o ‘z sirtiga undan qattiqroq jism botishiga qarshilik 
ko‘rsatishi qattiqlik deyiladi. Qattiqlikni aniqlashning bir necha 
usullari mavjud. Brinell, Rokvell, Vikkers usullari va h.k. Brinell 
usulida (DS 9012-59) qattiqligi 450 birlikkacha bo‘lgan qotishmalar 
qattiqligi aniqlanadi. Qotishma turiga va qalinligiga ko‘ra diametri
2,5, 5, 10 mmli toblangan po‘lat zoldir namunaga 187,5, 750 va 3000
20


kg kuch bilan asta-sekin botiriladi. Zoldirning namuna yuzasida 
qoldirgan izi diametri ga ko‘ra qotishmaning qattiqligi aniqlanadi 
(1.10-rasm).
Qotishmaning 
Brinell 
bo‘yicha qattiqligi 
quyidagi 
ifoda 
yordamida aniqlanadi:

Download
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion