A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion



bet5/147
Sana27.09.2023
Hajmi
#84533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Lokal tarmoq texnologiyasi-fayllar.org, 8-mavzu Javascript tili, Assessment 2 (Topshiriq), Imomov 022-20 1-topshiriq, Assessment 3 (Topshiriq), Assessment 2 (Topshiriq), Assessment 1 (Topshiriq), Maxmudov Tarmoq MI, Oraliq 1, Документ Microsoft Word (2), ELEKTRONIKA M.ISH, Nutritsiologiya FD 2023-2024, 32, Korreksion P 9-mavzu eshirish

4
1.6-rasm. Real kristall panjaraning nuqsonli tuzilishi.
Metallning atomlari siljigan sohasi bilan atomlari siljimagan 
sohasi orasidagi chegara dislokatsiya
deb ataladi. Metallaming 
mustahkamligi va plastikligi, qattiq holatidagi fazaviy hamda
14


strukturaviy o ‘zgarishlari dislokatsiyalar nazariyasidan foydaSanilgan 
holda juda yorqin yoritilishi mumkin. Dislokatsiya kristall panjaradagi 
boshqa turdagi nuqsonlardan o ‘zining tabiatiga ko‘ra keskin farq 
qiluvchi maxsus turdagi nomukammallik hisoblanadi. Real kristallar- 
da chiziqli dislokatsiyaning ikki turi mavjud. Kristall yuzasidagi 
hamma vakansiyalar to‘planib nuqsonlar yig‘indisi halqasini hosil 
qiladi. Mana shu halqa yuzasiga tik tekisliklardagi atomiaming tartibli 
joylashi geometriyasi biroz buziladi-chetki dislokatsiya hosil boMadi.
1.7-rasm. Kub panjarali chekka dislokatsiya: strelka
-
siljish vektori
Siljish natijasida kristall yuqori qismida ortiqcha yarim tekislik 
hosil boMadi. Bu yarim tekislik elektrotekislik deb nomlanadi. 
Elektrotekislik chekkalari bo‘ylab nomukammal panjarali soha 
tortilgan boMib, elektrotekislik chekkasi yuqorisida atomlararo masofa 
normal qiymatlaridan kichik (atomiaming quyuqlashgan sohasi), 
pastki qismida esa katta (atomiaming siyraklashgan sohasi). 
Elektrotekislik chekkasi atrofidagi kristalldagi nomukammallik sohasi 
chekkadagi dislokatsiya deyiladi. Chekkadagi dislokatsiya chizigM 
siljish vektoriga perpendikular boMadi. Chekka dislokatsiyani shartli 
ravishda, agar u ekstrotekislik yuqorisida joylashgan boMsa, musbat va 
aksincha pastki qismida boMsa manfiy deyiladi. Ikkinchi turdagi 
dislokatsiya vintsimon dislokatsiya boMib, u kristallda tilik qilingan 
boMsa va kristallning bir qismi ikkinchi qismiga nisbatan bir atomlar­
aro masofaga pastga siljigan hollarda namoyon boMadi. Vakansiya 
to ‘plangan joydagi normal yo‘nalish bo‘yicha siljish natijasida hosil 
boMgan dislokatsiya vintsimon dislokatsiya deb ataladi. Kristallda bir 
atom tekislikka siljish natijasida gelikoid ko‘rinishidagi burilish 
(vintsimon narvon) supacha hosil boMadi. Chekka dislokatsiyadan
15


farqli ravishda vintsimon dislokatsiya birinchidan siljish vektoriga 
parallel, ikkinchidan esa u siljish vektorini aniqlamaydi. Y a’ni 
vintsimon dislokatsiya istalgan tekislik bo'ylab siljishda hosil bo‘lishi 
mumkin.
Kristallarning 1 sm2 yuzini kesib o ‘tgan dislokatsiya soni 
dislokatsiya zichligi deb ataladi. Sekin kristallangan jismlarda 
dislokatsiya zichligi 102—104 sm'2 ga, muvozanatdagi polikristallarda 
dislokatsiya zichligi 106—10' sm'2 ga teng boMadi. Puxtalash natijasida 
dislokatsiya zichligi 1010- 1 0 12 sm' gayetadi.
Qotishma tarkibi deganda, uni tashkil etuvchi kimyoviy 
elementlar tushuniladi. Tuzilishi deganda, ko‘z yoki lupa yordamida 
ko‘rib bo‘ladigan makrotuzilish, mikroskoplar (1.9-rasm) yordamida 
kuzatiladigan mikrotuzilish, 100 ming marta katta qilib ko‘rsatadigan 
elektron mikroskoplarda yoki rentgen nurlari ta’sirida o‘rganiladigan 
supmikroskopik tuzilish tushuniladi. Xossalari deganda, kimyoviy
fizik, mexanik va texnologik xossalari tushuniladi.
1.9-rasm. М И М -7 М mikroskopL 
16



Download
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion