5-BO‘LIM . RADIOELEKTRON APPARATLARNI
LOYIHALASHDA MATEMATIK M ODELLAR
5.1. R adioelektron apparatlarning m atem atik m odellari haqida
umumiy m a’lum otlar
Radioelekton vositalarini kompyuterlardan foydalanib loyiha-
lashda, bu obyektlami loyihalash algoritmlarini tuzish uchun qulay
bo'lgan matematik tilda izohlash talab qilinadi.
Loyihalash obyektini matematik izohlash, uni matematik
modelini yaratish hisoblanadi. Matematik model — bu matematik
elementlar to ‘plami (sonlar, o ‘zgaruvchilar, vektorlar, to ‘plamlar va
boshqalar) va loyihalash obyekti xususiyatlarini aniq izohlash uchun
kerakli bo‘lgan, ular o ‘rtasidagi munosabatlardir. Loyihalashning
har
bir
bosqichida
loyihalanilayotgan
obyektning
o ‘zining
matematik izohlanishidan foydalaniladi. Bunda kompyuteming
tahlil qilish imkoniyatlariga qarab, bitta obyekt uchun bir qancha
murakkablikdagi matematik modellar yaratiladi.
Matematik
modellashtirish
nazariyasi
bo‘yicha
xohlagan
obyektning matematik modellari ichki, tashqi, chiqishdagi parametr-
lari va fazoviy o ‘zgaruvchilari bilan xarakterlanadi. Modelning ichki
parametrlari loyihalanilayotgan obyektning tarkibiga kiruvchi
komponentlar xarakteristikalari bilan aniqlanadi, masalan prinsipial
sxema elementlarining nominallari. Agar loyihalanilayotgan obyekt
n elementar komponentlardan tashkil qilingan bo‘lsa, uning
matematik modeli, ichki parametrlar vektorlarini tashkil qiluvchi
coi... conparametrlar orqali aniqlanadi.