6
minut sentrifugalanadi. Keyin sentrifugani toʻkib, choʻkma mikroskopda
koʻriladi. 10 ta koʻrish maydonida koʻpi bilan 5-6 ta hujayra boʻlishi
kerak. Har bir koʻrish maydonida mikroorganizmlar boʻlishi asbob-
apparatlar yetarlicha yuvilmaganligini bildiradi.
Mikroorganizmlarning umumiy miqdorini aniqlash uchun GPAga
ekiladi. Membrana filtrlar yoki bijgʻituvchi namunalar yordamida koli-
titri aniqlanadi. Idishlar yuvilgan suvdagi mikroorganizmlarning
umumiy miqdori va koli-titri korxonada ishlatiladigan suvning
koʻrsatkichlaridan farq qilmasligi kerak.