15
ular asosida metabolitlar ishlab chiqarishda foydalanish mahsulotning
tannarxini oshirib yuboradi. Koʻp tonnali mikrobiologik ishlab chiqarish
uchun boshqa bir qadar arzonroq boʻlgan
uglevod saqlovchi
manbalardan qishloq xoʻjaligi, qogʻoz-sellyulozali va oziq-ovqat ishlab
chiqarishning turli xil qoldiqlaridan foydalaniladi.
Bunda uglerod
saqlovchi manbalar orasida asosiy oʻrinni yogʻochsozlik mahsulotlari
egallaydi.
Glyukoza (C
6
H
12
O
6
) − kristall holda 9%
dan ortiq suv
saqlamaydi, kul – 0,07% dan ortiq boʻlmaydi (shundan temir 0,004%
gacha boʻladi). Quruq mahsulotlarda 99,5% dan kam boʻlmagan
redutsirlovchi modda boʻlishi zarur.