11
Geterotrof mikroorganizmlar uchun uglerod manbai sifatida turli
xil organik birikmalar: uglevodlar,
spirtlar, organik kislotalar, lipidlar,
uglevodorodlar va boshqa uglerod saqlovchi mahsulotlar xizmat qilishi
mumkin. Mikroorganizmlarda azot elementi uglerodga yaqinroq boʻlib,
uning hajmiga nisbatan kamroq boʻladi. Elementlarning tahlili shuni
koʻrsatadiki, mikroorganizmlar tarkibida azot uglerodga nisbatan 5-6
marta kamroq boʻladi. Mikroorganizmlar oʻzlashtirgan uglerodini
energetik maqsadlarda sarflaydi. Shuning uchun mikroorganizmlar oziq
muhiti tarkibida azotga nisbatan uglerod manbalarini koʻproq
saqlashi
lozim.
Mikroorganizmlar azotni oʻzlashtirganda asosiy qismi hujayrada
qoladi, shunda oʻzlashtirilgan uglerodning kamchilik qismigina
hujayrada ushlab qolinadi. Koʻpchilik mikroorganizm-produtsentlar
uchun azot manbalari murakkab organik,
shuningdek, murakkab
noorganik azot saqlovchi mahsulotlar hisoblanadi. Erkin azotni
oʻzlashtiruvchi mikroorganizmlar guruhi chegaralangan boʻlib, ular
azotfiksatorlar deb ataladi. Hattoki oziq muhitida azotning tanqisligi
hujayrada oqsil va aminokislotalar kamayishi hisobiga lipidlar
saqlashining oshishiga va yogʻ miqdorining ortishiga olib keladi.
Shuning uchun
ishlab chiqarish sanoatida, boyitilgan ozuqa achitqisi
olish uchun doimo oziq muhitida azot yetishmasligining oldini olishga
alohida e’tibor beriladi.
Oziq muhitida fosfor eng zarur element hisoblanadi. U hujayra
energetik almashinuvining mo‘tadillashuvini ta’minlaydi, shuningdek,
biosintetik jarayonlarda (oqsil
va nuklein kislotalar sintezi, glikoliz)
bosh omil hisoblanadi.
Mikroorganizm hujayralarining oʻsish tezligi fosfor saqlovchi oziq
muhitidagi fosfor miqdoriga bogʻliq boʻladi. Shuningdek, kulturalarning
oʻsish tezligi mikroorganizm hujayrasida saqlanadigan fosfor miqdoriga
ham bogʻliq boʻladi. Mikroorganizmlar fiziologiyasida fosfor
kislotalarining roli hamisha turli tumandir. Oziq muhitida fosfor
kislotalari bufer yoki vodorod ionlari miqdorini boshqaruvchi rolini
bajaradi, bu kichik buferli sigʻimlar namoyon qilgan oziqlarda juda zarur
hisoblanadi (gidrolizatorlar). Oziq muhitida
oksidlanish-qaytarilish
12
potensialini teskariga aylantiruvchi qobiliyatni fosfor kislota bajaradi va
natijada teskari reaksiya ketadi:
Bu tizim fosfatli bufer deb ataladi.
Fosfatli bufer, KH
2
PO
4
(kuchsiz asosli tuz) va K
2
HPO
4
(kuchsiz
kislotali tuz) aralashmasidan iborat boʻladi. Agarda eritmada tuz
ekvimolekulyar miqdorda saqlansa unda bunday eritma neytralga
yaqinroq boʻladi (pH=6,8). Eritmaga koʻp boʻlmagan miqdorda kuchli
kislota qoʻshilsa, kuchsiz asosli tuz kuchsiz kislotaliga aylanadi:
K
2
HPO
4
+HCl →KH
2
PO
4
+ KCl
kuchli asoslar qoʻshilganda esa teskari jarayon amalga oshadi:
KH
2
PO
4
+ KOH →K
2
HPO
4
+ H
2
O
Shunday qilib, eritma bufer singari ta’sir qiladi va ba’zi hollarda
ozuqada kislotalar yoki kuchli pH muhitining kuchli oʻzgarishi
hosil
boʻladi.