Vitaminlar, makro va mikroelementlar manbalari




Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/49
Sana29.11.2023
Hajmi1,19 Mb.
#107364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
Bog'liq
Sanoat mikrobiologiyasi
Bog\'ot Chilangarlik (2), 05.09.2022 КОНТИН, nxDtG5CHpBBjdh9eqXfxZypOvWDvbWrb3zUuutwM, LABORATORIYA ISHI mexanika, англ, 2 5206677407129411385, Dızbek, TEST SQL, lug`at 10-sinf adabiyod, Abadanlastırıw uisleri boyınsha, 3.4 шакл бўйича мақолалар рўйхати, elektronika Jalolov, tarjma, tarmoq
 
Vitaminlar, makro va mikroelementlar manbalari 
Mikroorganizmlar hujayrasida moddalar almashinishi vitaminlar
makro va mikroelementlarsiz amalga oshmaydi. Mikroorganizmlar 
vitaminlarga boʻlgan talabiga koʻra ikki guruhga boʻlinadi: 
Auksoavtotroflar − vitamin sintezlovchilar, bular oziq muhitida 
vitaminlar boʻlishini talab qilmaydi.
Auksogeterotroflar − vitaminlarni sintez qilmaydilar va oziq 
muhitiga vitaminlar qoʻshilishiga muhtoj boʻladilar.
Mikrobiologik ishlab chiqarishda koʻpchilik mikroorganizm-
produtsentlar auksogeterotroflarga ta’luqlidir. Ularning barchasi deyarli 
tiamin, nikotin kislota, pantoten kislota, piridoksin, inozit va 
biotinlardan tashkil topgan B guruh vitaminlari kompleksiga talabchan 
boʻladi. Mikroorganizmlarda koʻpincha biotinga tanqislik holati uchrab 
turadi. Mikroorganizmlarning vitaminlarga boʻlgan talabi har bir 
shtamm uchun tajribalar orqali aniqlanadi. Oziqda vitaminlar miqdori 
hamisha juda kam miqdorda boʻladi (1 l oziqda mg ning mingdan bir 
ulushi). Vitaminlar xom ashyo tarkibida boʻlishi yoki alohida solinishi 
mumkin.


13 
Mikroorganizmlarda moddalar almashinishini ta’minlaydigan 
hujayraning nafas olish jarayoni, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi va 
boshqa jarayonlarini faollashtiradigan fermentlar faol markazi tarkibiga 
kiruvchi makro va mikroelementlar oziq muhiti tarkibida albatta boʻlishi 
shart.
Mikroorganizmlar oʻsishi va rivojlanishiga bir qadar ta’sir 
etuvchilarga temir ionlari, simob, marganes, rux, bor, molibden, kobolt 
va qator elementlar kiradi. Odatda mikroorganizmlar bu elementlarni 
mikrome’yorda talab qiladi, bu haqda mikroorganizmlar miqdoriy 
tarkibi ham guvohlik berib turibdi. Ushbu elementlarning miqdori oshib 
ketishi mikroorganizmlar oʻsib rivojlanishida chegaralovchi-toʻxtatuvchi 
ta’sir koʻrsatadi. Shunday qilib, mikroorganizmlarning moʻ’tadil oʻsib 
rivojlanishi uchun oziq muhitida uglerod, azot, fosfor, vitamin, makro va 
mikroelementlar miqdori, aniq pH darajasi hamda oksidlanish-
qaytarilish reaksiyasi potensiali boʻlishi zarur. Har bir mikroorganizm 
uchun moʻtadil oziq muhiti uzoq vaqt, koʻp bosqichli tajribalar olib 
borish yoʻli bilan tanlanadi. Keyingi vaqtlarda moʻ‘tadil oziq muhiti 
tanlash uchun matematik modellashtirish va oziq komponentlari 
nisbatini hisoblash usullari qoʻllanilmoqda.

Download 1,19 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vitaminlar, makro va mikroelementlar manbalari

Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish