16
glyukoza polimerizatsiyasini namoyon etadi. Gidrolning boshqa
uglevodlari toʻliq identifikatsiya qilinmagan. Kraxmal gidrolizida
uglevodlardan tashqari ba’zi bir organik kislotalar miqdorini ham hosil
qiladi. Gidrol pH koʻrsatkichi (faol kislotalik) taxminan 4,0 ga teng, kul
6% dan koʻproq boʻladi. Kullarning asosiy qismini – natriy xlorid,
fosfor, magniy, temir tashkil etib, boshqa elementlar gidrolda minimal
miqdorda boʻladi.
Melassa − shakar ishlab chiqarishda, shakarning ikkinchi
kristallizatsiyalanishidan qolgan standart boʻlmagan qoldiq mahsulotdir.
Rangi – qoramtir jigarrangda boʻlib, zichligi 1,35-1,40 g/sm
3
ni tashkil
etadi. Melassa 61-68% quruq mahsulot, 40-55% saxarozalar saqlaydi.
Bundan tashqari, unda 0,5-2,0% invertli shakar va 0,5-2,5% rafinozalar
mavjud. Shuningdek, melassa mikroorganizmlar foydalana olmaydigan
uchinchi qismi betayin shaklda boʻlgan 1,1-1,5% azot saqlaydi. Melassa
tarkibidan koʻpgina aminokislotalar (asparagin, glutamin kislotalar,
leytsin, izoleytsin, tirozin) va B guruhi vitaminlari (biotin, tiamin,
riboflavin, inozit, nikotin va pantoten kislotalar) chiqadi. Asosan biotin
yuqori darajada boʻladi (80 mg/t). Melassa kullarida kaliy (30-40%),
magniy (1,5-4,5%), kalsiy (14% gacha), temir va boshqa elementlari
koʻproq, bularga nisbatan fosfor kamroq boʻladi.