20
Ekstraktda umumiy fosfor saqlashi 5% ni tashkil etadi. Bundan
tashqari ekstrakt ba’zi oʻstirish moddalari va biostimulyatorlar, B guruhi
vitaminlari (biotin) saqlaydi. Shunday qilib, makkajoʻxori ekstraktining
oziq muhiti komponenti sifatida ahamiyati
juda yaxshi assimilyatsiya
boʻladigan organik azot, uglerod hamda mikroelementlar va ballastli
moddalar saqlashi bilan aniqlanadi.
Soya uni − soya donining yanchilganidan, shuningdek, soya yogʻi
olingandan soʻng qoladigan soya kunjarasi va shrotidan olinadi.
Foydalaniladigan soya uni xom ashyolari, yogʻsiz yarim yogʻlangan va
juda yogʻli shakllarga ajratiladi. Bundan tashqari soya uni
dezodarirlangan (bugʻ bilan ishlov berilgan) va dezodarirlanmagan
boʻlishi mumkin. Dezodarirlangan soya
unini bir yilgacha saqlash
mumkin,
bunda
fermentlar
inaktivatsiyasi
sodir
boʻladi,
dezodarirlanmagan soya unini esa bir yarim, uch oy saqlash mumkin.
Fermentatsiya uchun soya unining asosiy ahamiyati uning tarkibidagi
azot saqlovchi moddalar, birinchi navbatda oqsillardir.
Asosiy oqsil,
deyarli barcha aminokislotalarni saqlovchi glitsinin hisoblanadi, bunda
glutamin miqdori koʻproq boʻladi (20%). Soya uni 25% gacha
uglevodlar saqlaydi, shuning uchun undan koʻpincha uglevodlar manbai
sifatida foydalaniladi. Kullar esa 4,5-6,5% boʻladi.
Kullar tarkibida 45%
atrofida kaliy oksidi, 30% fosforli angidrid,
7% magniy va kalsiy oksidlari, shuningdek,
qator mikroelementlar
uchraydi. Fosfor fitinda organik bogʻlangan holatida boʻladi (75%
atrofida).