Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti sanoat mikrobiologiyasi




Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/49
Sana29.11.2023
Hajmi1,19 Mb.
#107364
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
Sanoat mikrobiologiyasi

 
 
 
4 – rasm. Quritish shkafi: 
1 – shkalali termoregulyatorning dastasi; 2 – asbobni oʻchiruvchi murruvat; 
3 – signal beruvchi lampa; 4 – taglik; 5 – eshikcha; 6 – korpus; 7 – termometr 
uchun teshik va ventilyatsiya qalpoqchasi.


31 
Sentrifuga suspenziya va aralashmalarning suyuq va qattiq 
fazalarini ajratish uchun xizmat qiladi. Sentrifuga ikkita rotor bilan 
jihozlangan boʻlib, ular elektr dvigatelining valiga ketma-ket oʻrnatiladi: 
toʻrtta stakanli rotor-prestavina va shisha yoki polietilen probirkalar 
uchun uyachalari boʻlgan burchakli rotor. Rotorlarning aylanish tezligi – 
2000 dan 6000 gacha ob/min.
Laboratoriya pH-metri vodorod ionlarining (pH) faolligi va 
oksidlanish - qaytarilish potensialini (Eh) oʻlchash uchun moʻljallangan.
Refraktomer quruq moddalar, shakar, spirt, aminokislotalar, 
vitaminlar va ekstrativ moddalar miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Shkala sindirish koʻrsatkichini va quruq moddalar miqdorining massa % 
ini koʻrsatadi.
Fotoelektrokalorimetr boʻyalgan va kolloid aralashmalarning optik 
zichligi hamda oʻtkazuvchanlik koeffitsiyentlarini oʻlchash uchun 
qoʻllaniladi. Asbob 315-630 nm spektr doirasida ensiz tasmali yorugʻlik 
filtrlari toʻplami bilan jihozlanadi.
Kalorimetr – nefelometr aralashmalarining loyqalanish darajasi 
boʻyicha mikroorganizm hujayralari konsentratsiyasini baholash 
imkonini beradi.
Spektrofotometr optik zichligini hamda suyuq va qattiq 
moddalarining oʻtkazuvchanlik koeffisiyentlarini oʻlchash uchun 
ishlatiladi.
Zeyts filtrlari asbest va sellyuloza aralashmasidan tayyorlangan, 
qalinligi 3-5 mm va diametri 33-140 mm boʻlgan disklardan tashkil 
topgan boʻlib, sellyuloza miqdori ortib borgan sari filtrning gʻovakligi 
oshadi. Filtrlar, odatda nikellangan metalldan tayyorlangan voronkaga 
(5-rasm) oʻrnatiladi. 
Voronka ikki qismdan iborat: yuqori qismi silindr koʻrinishida va 
pastki qismi esa konus koʻrinishida boʻladi. Ularning oʻrtasiga metall 
toʻrga asbest filtr qoʻyiladi. Shundan keyin voronka burab qoʻyiladi yoki 
maxsus vintlar yordamida zich qilib tortiladi. Ensiz tubus esa bunzen 
kolbasining rezina tiqiniga oʻrnatiladi. 


32 

Download 1,19 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti sanoat mikrobiologiyasi

Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish