30
Laboratoriyada alohida guruh mikroorganizmlarni rivojlantirish
uchun talab etiladigan turli haroratli bir nechta termostat: mezofillar
uchun – 28-30
o
C, termofillar uchun – 43-55
o
C,
patogen turdofillar
uchun – 37
o
C li termostatlar oʻrnatiladi. Termostatlar har xil shaklda,
oʻlchamda va tuzilmali boʻladi. Ular unchalik katta boʻlmagan shkaf
koʻrinishidan bir nechta boʻlimlardan tashkil
topgan politermostat yoki
alohida termostat xonasigacha boʻlishi mumkin.
Termoregulyatorli quritish shkafi (4-rasm) laboratoriya idishlarini
quritish va sterillash, turli materiallarni doimiy
massasigacha quritish
uchun moʻljallangan.
Quritish shkafi issiqlikka chidamli materiallardan (metall va
asbest) tayyorlanadi va ishchi kamerasi 200
o
C gacha boʻlgan haroratga
moʻljallanadi. Shkafning ichi teshikli metall listlardan tayyorlangan
polkalar bilan jihozlangan boʻlib, ularning ustiga quritiladigan idishlar
yoki materiallar joylashtiriladi.
Sovitkichlar ishlatiladigan yoki muzeyga
oid mikroorganizmlar
kulturasi, oziq muhitlari, ba’zi bir reaktivlar va aralashmalarni +4
o
C
atrofidagi haroratda saqlash uchun ishlatiladi.