• 1 – amaliy mashgʻulot Texnik mikrobiologiya laboratoriyasida ishlash qoidalari
  • Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti sanoat mikrobiologiyasi




    Download 1.19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/49
    Sana29.11.2023
    Hajmi1.19 Mb.
    #107364
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
    Bog'liq
    Sanoat mikrobiologiyasi
    Bog\'ot Chilangarlik (2), 05.09.2022 КОНТИН, nxDtG5CHpBBjdh9eqXfxZypOvWDvbWrb3zUuutwM, LABORATORIYA ISHI mexanika, англ, 2 5206677407129411385, Dızbek, TEST SQL, lug`at 10-sinf adabiyod, Abadanlastırıw uisleri boyınsha, 3.4 шакл бўйича мақолалар рўйхати, elektronika Jalolov, tarjma, tarmoq



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
    TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI 
    TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 
     
     
     
     
     
    SANOAT MIKROBIOLOGIYASI 
    fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun
    USLUBIY KO‘RSATMA 
     
    Toshkent 2016 



    “Sanoat mikrobiologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish 
    uchun uslubiy ko‘rsatma / M.E. Sattarov – Toshkent.: ToshDTU, 2016. 
    – 76 b. 
     
     
     
    “Sanoat mikrobiologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish 
    uchun tayyorlangan ushbu uslubiy ko‘rsatma 5320500 –biotexnologiya 
    (biofaol moddalar biotexnologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 
    talabalar uchun mo‘ljallangan. 
     
     
     
     
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika 
    universiteti ilmiy-uslubiy kengashining qaroriga muvofiq chop etildi. 
     
     
     
     
    Taqrizchilar: 
     
    Bekmuxamedova N.K. – O‘zR FA Mikrobiologiya instituti ilmiy kotibi, 
    biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
    Nazarov K.K. – Toshkent Davlat texnika universiteti “Qishloq xo‘jaligi 
    texnikasi va servisi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, biologiya fаnlаri 
    nomzodi. 
    © Toshkent davlat texnika universiteti – 2016



    1 – amaliy mashgʻulot 
    Texnik mikrobiologiya laboratoriyasida ishlash qoidalari 
    Texnik mikrobiologiya laboratoriyasida ishlayotganda xavfsizlik 
    texnikasi va qoidalariga rioya qilinishi lozim. Texnik mikrobiologiya 
    laboratoriyasida faqat oq xalat, shapkacha yoki durrachada ishlash talab 
    etiladi. Laboratoriyaga begona buyumlarni olib kelishga ruxsat 
    etilmaydi. Ish joyida ortiqcha narsa boʻlmasligi kerak. Faqat bitta joyda 
    ishlash, oʻziga birkitilgan asbob-uskunalardan foydalanish va barcha 
    narsalarni belgilangan joylarga qoʻyish lozim. Ichida mikroorganizmlar 
    kulturasi boʻlgan kolba va probirkaga siyoh bilan aniq qilib yozilishi
    reaktivlar 
    va 
    aralashmalar 
    solingan 
    idishlarga 
    esa 
    yorliqlar 
    yopishtirilishi kerak. Spirtovkalar bilan ishlayotganda spirt bugʻlarining 
    alangalanib ketishidan ehtiyot boʻlish lozim. Spirtovkani yonib turgan 
    boshqa spirtovkada yondirish mumkin emas. Spirtovkani faqat maxsus 
    qalpoqchalar bilangina oʻchirish kerak. Paxtali tiqinlar yona 
    boshlaganda ularni puflab oʻchirishga harakat qilmaslik kerak. Bu 
    yonishni kuchaytiradi, xolos. Yonayotgan tiqinni probirkaga, kolbaga 
    tiqish yoki ustiga mato yopish kerak. Ishni boshlashdan oldin va ish 
    tugagach, tadqiqot oʻtkazilayotgan stol usti yuviladi hamda dezinfeksiya 
    qilinadi. Mikrob biomassasi qoʻl, stol va atrofdagi narsalarni 
    ifloslantirmasligi 
    zarur. 
    Ilmoqlar, 
    ninalar 
    va 
    pinsetlarni 
    mikroorganizmlarga tekkandan soʻng spirtovka yoki gaz gorelkasida 
    kuydirish va maxsus shtativga qoʻyish kerak. Toʻkilib ketgan mikrob 
    suspenziyasi dezinfeksiya vositalari yordamida zararsizlantiriladi. Ish 
    tugagandan keyin mikroblar bilan ifloslangan idishlarni qaynatish yoki 
    avtoklav yoʻli bilan sterillab, tirik hujayralarni oʻldirish kerak. Shundan 
    keyingina idishlarni yuvish mumkin. Mikrobli qattiq muhitning yuzasiga 
    dezinfeksiya eritmasi quyiladi. Bir sutka oʻtgandan soʻng muhitni 
    tashlab yuborish, idishni yuvish mumkin. Ishlatilgan pipetkalar 3% li 
    xloramin eritmasiga solib qoʻyiladi va shundan keyingina ular yuviladi 
    va sterillanadi. Buyum va qoplama shishalar ham ish tugagandan soʻng 
    dezinfeksiya aralashmasiga solib qoʻyiladi va keyin oqar suvda 
    yaxshilab yuviladi. Idishlarni faqat rezina qoʻlqoplar yordamida yuvish 



    lozim. Mikroorganizmlar bilan pala-partish ishlash natijasida havoda 
    mikrob aerozoli hosil boʻlishi mumkin.
    Bakteriotsid chiroqlar bilan ishlayotganda oddiy himoya 
    koʻzoynaklari taqib olish kerak. Chiroq nuriga himoyasiz koʻz bilan 
    qarash mumkin emas. Bu koʻrish qobiliyatining yoʻqolishiga olib kelishi 
    mumkin. Yuqori bosim kuchlanish ostida yoki yuqori haroratda 
    ishlaydigan apparatlar bilan ishlayotganda xavfsizlik qoidalariga qat’iy 
    rioya qilinishi talab etiladi. Laboratoriyada chekish, ovqatlanish, suv 
    ichish, koʻp yurish ruxsat etilmaydi. Mikrob kulturalarini laboratoriya 
    xonasidan chetga olib chiqish qat’iy man etiladi. Mashgʻulot tugagandan 
    soʻng ish joyi va uskunalarni tartibga keltirish lozim. Kimyoviy 
    reaktivlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish kerak. Shaxsiy gigiena 
    qoidalariga ham qat’iy rioya qilish lozim. Ish tugagandan soʻng va 
    ovqatlanishdan oldin qoʻllarni dezinfeksiya qilish va sovun bilan 
    yaxshilab yuvish kerak. Talabalar va laboratoriya xodimlari instruktaj 
    oʻtkazilganligi va laboratoriyada ishlash tartibi bilan tanishtirilganligi 
    toʻgʻrisida maxsus jurnalda qayd qilinadi.

    Download 1.19 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




    Download 1.19 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti sanoat mikrobiologiyasi

    Download 1.19 Mb.
    Pdf ko'rish