Oziq muhiti tayyorlash uchun xom ashyo mahsulotlari




Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/49
Sana29.11.2023
Hajmi1,19 Mb.
#107364
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
Sanoat mikrobiologiyasi

Oziq muhiti tayyorlash uchun xom ashyo mahsulotlari 
Mikrobiologik ishlab chiqarishda oziq muhiti tayyorlash uchun 
turli xil mahsulotlar (mineral, oʻsimlik va hayvonlar ishlab chiqargan) va 
kimyoviy yoʻllar bilan olingan sintetik koʻrinishidagi mahsulotlar 
qoʻllaniladi. Bu mahsulotlar (ular xom ashyo deb ataladi)dan oziq muhiti 
tarkibi tashkil etiladi, unda turli xil zararli aralashmalar boʻlmasligi, 
ishlatilishi qulay hamda tannarxi qimmat boʻlmasligi zarur. Barcha 
turdagi xom ashyolar davlat standarti talablariga mos kelishi shart. 
Murakkab tabiiy mahsulotlar yoki ishlab chiqarishning qoldiq mahsulot 
xom ashyolari, oziq muhiti sifatida foydalanilishidan oldin qat’iy 
ravishda biokimyoviy tekshirishlardan oʻtkazilishi lozim. Asosiy xom 
ashyo turlari bilan tanishib chiqamiz.
Suv 
Oziq muhiti tayyorlash uchun suvlar vodoprovod, artezian yoki 
ochiq suv havzalaridan olinib, qayta ishlangandan soʻnggina 


14 
foydalaniladi. Suv biologik toza, rangsiz, hidsiz va qoldiqlarsiz boʻlishi 
lozim. Suvning quruq qoldigʻi 1000 mg/l dan, umumiy qattiqligi esa 7 
mg-ekv/l dan oshmasligi kerak. Suvning oʻta darajada qattiqligi 
mikroorganizmlar oʻsishini sekinlashtiradi. Suvning tarkibidagi zararli 
aralashmalar quyida keltirilgan koʻrsatkichlardan oshmasligi lozim, 
mg/l:
Qoʻrgʻoshin 0,1
Mishyak 0,05
Ftor 1,5
Rux 5,0
Mis 3,0
Mikroorganizmlarning umumiy soni 1 ml suvda 100 dan 
oshmasligi shart. Mikrobiologik ishlab chiqarishda suvdan nafaqat oziq 
muhiti tayyorlashda, balki sovitish va uskunalarni yuvish uchun ham 
foydalaniladi. Mikrobiologik ishlab chiqarish katta miqdordagi toza 
suvni talab qiladi. Masalan, non mahsulotlari achitqilari ishlab 
chiqarishda 1 tonna achitqi olish uchun 150−180 m
3
suv sarflanadi.

Download 1,19 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oziq muhiti tayyorlash uchun xom ashyo mahsulotlari

Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish