10
Konsistensiyasi boʻyicha muhitlar suyuq, qattiq va sochiluvchan
boʻladi. Suyuq oziq muhitini mikroorganizmlarning biomassasini va
modda almashinuv mahsulotlarini toʻplash uchun, hujayralarni faol
holda saqlab turish va ularning fiziologik-biokimyo xususiyatlarini
oʻrganish uchun qoʻllaniladi. Qattiq oziq muhiti mikroorganizmlarning
toza kulturasini ajratib olish, alohida joylashgan koloniyalarni olib
ularning oʻrganish, turli substratlarning mikroflorasini aniqlash,
hujayralar sonini hisoblash, muzeylarda toza kulturalarni saqlash va
ularni zavodlarga yuborish va hokazo uchun ishlatiladi.
Sochiluvchan muhitlar (kepak, eziltirib pishirilgan donlar, lavlagi
turpi, kunjara, tuproq) turli mikroorganizmlarni va ularni sporalarini
saqlash va ekiladigan materiallarni tayyorlash uchun qoʻllaniladi. Qattiq
oziq muhitlarni olish uchun agar va jelatin qoʻllanadi. Agar – murakkab
polisaxarid. Uni dengiz suvi oʻtlaridan ajratib olinadi. Tayyor agar och
sariq rangli kukun, plastinka yoki poyastmon shakldadir. Suvda shishib,
yumshab 100
o
C eriydigan gel hosil qiladi va 40
o
C da qotadi. Muhitni
qotirish uchun 1,5-3% gacha agar qoʻshilladi, yarimsuyuq muhit
tayyorlashda 0,15-0,7%. Jelatin hayvon suyaklari, emirchaklari va
paylarini qaynatib olinadigan oqsildir. Jelatin konsentratsiyasiga qarab
(5-15%) 22-26,5
o
C da eriydi. Jelatinli muhitlarni, achitqilarni
indentifikatsiyalashda yirik koloniyalarni olish uchun qoʻllanadi.