17
aminokislotlar, glikol, sut, qahrabo kislotalari, kalsiy,
kaliy natriy
tuzlari, marganes, kobolt, mis va qator B guruhi vitaminlarini saqlaydi.
Atsetonbutil quyqasi − organik eritmalar atseton va butil spirtining
mikrobiologik ishlab chiqarilishidagi standart boʻlmagan chiqindi
mahsulot hisoblanadi. Mikrobiologik sintez uchun quyqadan shlamlar
(maydalanganida hosil boʻladigan kukunsimon mahsulot) ajratilgandan
soʻng foydalaniladi.
Quyqa tarkibida uglevodlar, kletchatka, azot
saqlovchi va kulsimon mahsulotlar mavjud boʻladi.
Yogʻoch xom ashyolari − oʻzida oʻsimlik toʻqimasi hujayra
matriksini
hosil
qiladigan,
sellyuloza,
lignin,
pentozanlar,
gemitsellyulozalar va boshqa mahsulotlar saqlovchi koʻp yillik oʻsimlik
toʻqimalarini namoyon qiladi. Bu xom ashyoda geksozalar, pentozalar
va organik kislotalar uglerod manbasi boʻlishi mumkin.
Xom ashyoda
ular amalda erkin holatda boʻlmaydi, shuning uchun maxsus qayta
ishlashni talab qiladi: maydalanadi va gidroliz uskunalarida yuqori
haroratda gidrolizlanadi (suv yordamida ajratiladi). Yogʻochning
polisaxaridlari
gidrolizlash
jarayonida
mikroorganizmlar
yengil
oʻzlashtiradigan suvda erigan monosaxaridlar holatiga oʻtadi. Sanoat
asosida ishlab chiqarishda mikrobiologik sintez uchun substratlar
daraxtning
yaxlit holati emas, balki uning qayta ishlashdagi qoldiqlari:
qipiq, tarashalar, egri-bugri shoxlari va hokazolar qoʻllaniladi.
Yogʻochni gidrolizlash jarayonidan olingan eritma “gidrolizat” deb
nomlanib, mikroorganizmlarni oʻstirishda substrat sifatida qoʻllaniladi
va monosaxaridlar saqlashi boʻyicha baholanadi. Gidrolizatning turli xil
qandlarni saqlashi daraxtning turiga, girolizlash usuli va boshqa
omillarga bogʻliq boʻladi. Ozuqa achitqisi olish uchun sellyuloza ishlab
chiqarishning qoldigʻi – sulfitli kul va dastlabki gidrolizatlar keng
qoʻllaniladi. Sulfitli kul, yogʻochni qaynatish jarayonida muhitda kalsiy
gidrosulfid va sulfat kislota hosil qiladi.
Bu jarayonda sellyuloza
saqlanib qoladi, sulfit kuli eritmasiga esa lignin, gemitsellyulozalar,
smolalar, yogʻlar va mineral tuzlar oʻtadi. Sulfit kuli muvofiq qayta
ishlangandan soʻng etil spirti va ozuqa achitqisini mikrobiologik ishlab
chiqarishda qoʻllaniladi. Old yoki dastlabki gidrolizatlar esa suvli yoki
kislotali gidrolizda yogʻoch gemitsellyulozasi hosil qiladi va ular shakar
18
hamda dekstrinlardan tuzilgan boʻladi.
Fikrimcha qayta ishlanuvchi
yogʻochlar va sellyuloza qogʻoz ishlab chiqarishning sellyuloza
saqlovchi manbalarining asosiy xom ashyosini qishloq xoʻjalik
oʻsimliklari qoldiqlari (chigit kunjarasi, makkajoʻxori soʻtasi,
kungaboqar poyasi, sholi kunjarasi, somonlar), shuningdek, ba’zi bir
oʻsimliklar (qamish, gʻoʻzapoya) tashkil etadi.
Bunday xom ashyolarni
mikrobiologik
sintez
uchun
tayyorlash,
sellyulozalarni
erigan
shakarlargacha gidrolizlash bilan yakunlanadi. Oʻsimlik xom ashyolari
mikrobiologik ishlab chiqarishda juda katta qiziqish uygʻotmoqda.
Torf − kimyoviy tarkibiga koʻra u oʻsimlik kimyoviy tarkibiga
yaqin turadi. Torflarda kam miqdorda bor-yoʻgʻi 50% gacha
polisaxaridlar mavjud boʻladi. Torf ma’lum sharoitda kislotali
gidrolizlanishdan soʻng, mikroorganizmlar yengil oʻzlashtiradigan
monosaxaridlar manbasiga aylanadi. Torf
hamisha mikroorganizmlar
yaxshi oʻzlashtiradigan shakldagi fosfor va azot saqlaydi.