• 8-rasm. Oziq muhitini sterilizatsiyalashda fermentyorning qizdirilish (a) va sovutilish (b) chizmasi
  • -rasm. Turbinali aralashtirgichlar




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/49
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #107364
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
    Bog'liq
    Sanoat mikrobiologiyasi

    7-rasm. Turbinali aralashtirgichlar 
    a- toʻgʻri kurakli; b-ochiq toʻgʻri kurakli;c-ochiq egil kurakli;d- 
    “qaldirgʻoch dumi”simon kurakli; e-yopiq.
    Siklik usulda oziq muhitini sterillash juda oddiydir. Bu operatsiyada 
    bevosita fermentyor ham ishtirok etishi mumkin. Bunda oziq va 
    uskunalar bir vaqtning oʻzida sterilizatsiyalanadi. 9−rasmda 
    fermentyorning qizdirilishi va sovitilish holati aks ettirilgan. Koʻpincha 
    oʻtkir va sekin bugʻ bilan kombinirlangan qizdirish orqali olib boriladi. 
    Oʻtkir bugʻ oziq muhitiga, sekin bugʻ esa qoplamga kiradi. Oʻtkir bugʻ 


    34 
    fermentatorga ekish materiali uzatishda, havo va namunalar olishda 
    maxsus uzatgich teshiklar (shtutserlar) orqali kiradi. Mana shuning 
    uchun barcha armatura, fermentatorning birikmalari oʻtkir bugʻ bilan 
    sterillanadi. E’tiborga olish lozimki, oʻtkir bugʻ bilan oziq muhiti 
    sterillanganda kondensatning oʻzgarishiga olib keladi. Shu bilan bogʻliq 
    holda oldindan oziq uchun zarur kondensati hisoblanib oziq tayyorlash 
    retsepti asosiga muvofiq keluvchi miqdorda qoʻshiladi. 
    8-rasm. Oziq muhitini sterilizatsiyalashda fermentyorning 
    qizdirilish (a) va sovutilish (b) chizmasi 
    1-fermentyorning korpusi; 2-qoplami; 3-aralashtirgich; 4-barboter. 
    Shunda oziq muhiti sterilizatsiyadan soʻng zarur boʻlgan oziq 
    komponentlar miqdoriga ega boʻladi.
    Siklik sterillashda harorat 121
    o
    C, shunga muvofiq bugʻ bosimi 100 
    kPa boʻlishi lozim. Odatda, oziq muhitlari bunday haroratda 30 
    minutdan 40 minutgacha ushlanadi. Toʻliq qizitish sikli, saqlash va 
    sovitish katta hajmli fermentatorlar uchun bir necha soat vaqt talab 
    qiladi.
    Uzoq vaqt issiqda sterilizatsiya qilish oziq muhiti kimyoviy 
    tarkibining oʻzgarishiga olib keladi. Bu oʻzgarishda oziq muhitidagi 
    mikroorganizmlar uchun zarur boʻlgan issiqqa chidamsiz birikmalar 
    yoʻqotilishi mumkin.


    35 
    Boshqa birikmalar ham oʻzaro ta’sirlashishlari natijasida 
    mikroorganizmlar oʻsishini chegaralab yoki toʻxtatib qoʻyadigan 
    mahsulotlar hosil qilishi mumkin.
    Oziq muhitining kimyoviy tarkibi koʻpincha sterilizatsiya holatiga 
    nisbatan yuqoriroq harorat ta’sirida oʻzgaradi. Oziq muhiti kimyoviy 
    tarkibining minimal darajada oʻzgarishiga juda tez qizitish va sovitish 
    orqali erishish mumkin. Shuning uchun ayni vaqtda oziqni sterillash 
    uchun siklik usul faqatgina kichik hajmli uskunalarda qoʻllanilmoqda.
    Yuqori haroratda uzluksiz sterilizatsiyalash usuli koʻpgina 
    zavodlarda qoʻllaniladi, bunda oziq muhiti tarkibi buzilishi kam boʻladi 
    va sterillashda samaradorlikka erishishi mumkin. 9-rasmda davriy va 
    uzluksiz sterilizatsiya davomiyligiga bogʻliq holda suyuqlik hajmining 
    elementar harorati oʻzgarishi koʻrsatilgan. Rasmdan koʻrinib turibdiki, 
    uzluksiz sterilizatsiyada bugʻni kam ishlatib sterilizatsiya vaqtini keskin 
    qisqartirish mumkin. Bundan tashqari, uzluksiz sterilizatsiyada 
    avtomatizatsiyalashni oson kuchaytirish mumkin.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish