• Sterilizatsiyalash uchun asbob uskunalar.
  • -rasm. Uzluksiz (2) va davriy (1) sterilizatsiyalashda suyuqlik




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/49
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #107364
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
    Bog'liq
    Sanoat mikrobiologiyasi

    9-rasm. Uzluksiz (2) va davriy (1) sterilizatsiyalashda suyuqlik 
    hajmining elementar harorati oʻzgarishi 
    I- qizish; II- turgʻunlik; III-sovishi. 
    10-rasmda esa oqimda uzluksiz sterilizatsiyalash chizmasi 
    tasvirlangan. Avvaldan sterillangan fermentatorga alohida tayyorlangan 
    oziq muhiti hajmidan uzluksiz sterilizatsiyalash uskunasi orqali soʻrib 


    36 
    uzatiladi. Siklik sterillashga nisbatan bunda bir qadar yuqori harorat 
    qoʻllanilishi oziqni maksimal haroratda davomiy ushlab turishni keskin 
    kamaytiradi, qizitish va sovitish bosqichlari esa bir necha sekundni 
    tashkil etadi (10-rasm).
    Agarda oziq muhiti suspenziyalanmagan oziq qismlarini saqlamasa 
    150-160
    o

    harorat 
    yetarli 
    sterilizatsiyani ta’minlaydi. Oziqda 
    suspenziyalanmagan qattiq qismlar boʻlishi, sterilizatsiyani pastroq 
    haroratda uzoqroq vaqt davomida olib borishni talab qiladi, shunda 
    qattiq qismlar ham sterillanadi. Bunda harorat 135
    o
    C ni tashkil etib, 5 
    minutdan 15 minutgacha davom ettiriladi.
    Sterilizatsiyalash uchun asbob uskunalar. Uzluksiz sterillash 
    uskunasi qizitgich, saqlovchi va sovutish uskunalari ketma ketligidan 
    tuzilgan boʻladi.
    10-rasm. Oziq muhitini sterillash uchun uskuna chizmasi 
    1-idish; 2-nasos; 3- qizituvchi;4- saqlovchi; 5- sovutkich. 
     
    Qizitgich − uskuna oziqni kam bugʻ sarflab, muvofiq haroratda 
    juda tez qizitishga moʻljallangan. Qizitgichlar konstruksiyasi ishlash 
    rejimiga bogʻliq holda turli xil boʻlishi mumkin. Bir qadar kengroq 
    tarqalgan qizitgichlarga ustunsimon bugʻli injektor, qoʻsh trubali 
    (trubadan-trubaga) va plastinkasimon qizitgichlar misol boʻladi. 12-
    rasmda oziq muhitini sterillash uchun ustunsimon qizitgichning 
    chizmasi aks ettirilgan. Ichida kesim-kesim tirqishli truba joylashtirilgan 
    ustun truba tayanch va korpus vazifasini bajaradi.
    Bugʻ ustki qismidan truba orqali beriladi va kesim-kesim tirqishlar 
    orqali oziqqa tushadi. Oziq muhiti pastdan beriladi va yuqoriga qarab 
    spiral holda parrakli yoʻnaltiruvchi yordamida harakatlanadi. Oziqni 


    37 
    qizitish 10-15 sekund davom ettiriladi. Uskuna kichik hajmli boʻlib, 
    oddiyligi 
    bilan 
    ajralib turadi, ammo uning ishlashi bugʻ 
    kondensatsiyasida gidravlik kuch bilan olib boriladi.
    Saqlovchi – uskuna oziqni ma’lum haroratda sterilizatsiyalash 
    uchun ushlab turish vazifasini bajaradi. Oziqning har bir sigʻimini 
    saqlovchi uskuna ma’lum haroratda, aniq vaqt oraligʻida ushlab turish 
    uchun maxsus oʻrin almashtirib turish mexanizmi asosida ishlashi lozim. 
    11-rasmda trubasimon saqlovchi uskuna (sterilizator) aks ettirilgan. U 
    oxirlari shtutser bilan ketma-ket ulangan uch trubadan tashkil topgan. 
    Trubadan chiqish joyida sterilizatsiya harakatiga muvofiq holda 
    bosimni boshqarib turuvchi uskuna manometer va termometrlar bilan 
    ta’minlangan.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Uzluksiz (2) va davriy (1) sterilizatsiyalashda suyuqlik

    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish