40
Apparatdan toʻxtovsiz ravishda tayyor kultural suyuqlik oqib turadi. Bu
jarayon xemostat yoki turbidostat tipda amalga oshadi. Bular kulturani
dinamik muvozanat holatida saqlash usullari bilan farq qiladi.
Xemostat rejimida kulturaning oʻsishi limitlovchi (cheklovchi)
omil konsentratsiyasi bilan tartibga solinadi. Muayyan omil sifatida
uglerod, azot, fosfor, oʻstiruvchi moddalar manbaidan, kislorod, pH va
haroratdan foydalanish mumkin. Limitlovchi omil ta’siridagi mumkin
boʻlgan
oʻzgarishlarni
aniqlash
ishlab
chiqarish
sharoitida
mikroorganizmlarni toʻxtovsiz oʻstirish jarayonini boshqarishda katta
ahamiyatga ega, materiallarni tejab sarflashga, produtsentlarning genetik
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga ega koʻp mahsulot olishga
imkon beradi. Turbostat rejimida biomassaning konsentratsiyasi doimiy
saqlanadi. Shu maqsadda boyitilgan oziq muhitlaridan foydalanish
mikroorganizmlarning deyarli eng yuqori tezlikda koʻpayishiga imkon
beradi. Biroq bunda hujayralar konsentratsiyasi uncha yuqori boʻlmaydi.
Bundan tashqari, hujayralar zichligini fotometrik nazorat qilish uchun
oziq muhiti tiniq (shaffof) boʻlishi kerak. Bu ishni faqat laboratoriya
sharoitida bajarish mumkin.
Chuqurda oʻstirish jarayoni gomogen yoki geterogen-toʻxtovsiz
boʻlishi mumkin. Gomogen-toʻxtovsiz jarayonda jadal aralashtirayotgan
fermentyorda barcha parametrlar (oziq moddalar konsentratsiyasi,
hujayra titri va boshqalar) vaqt mobaynida doimiy boʻladi. Geterogen-
toʻxtovsiz prosessda esa oʻzaro ketma-ket birikkan bir nechta
fermentyordan foydalaniladi. Bunda oziq muhiti birinchi fermentyorga
solinadi, tayyor kultural suyuqlik oxirgi fermentyordan oqib tushadi.
Bu holda toʻxtovsiz ravishda oziq muhiti kelib turadi, lekin
hujayralar doimiy oʻsish sharoiti bilan ta’minlanmaydi (nechta apparat
boʻlsa, shuncha oʻstirish sharoiti mavjud). Kulturani bunday sharoitda
oʻstirish jarayoni fiziologik jihatdan emas, balki texnologik jihatdan
toʻxtovsiz hisoblanadi. Bu usul spirt va achitqilar olishda keng
qoʻllaniladi.