41
qoʻshilsa va atrof-muhit atmosferasida birmuncha uglerod dioksid
boʻlsa, anaeroblar faol oʻsadi.
Fizik,
kimyoviy, biologik va aralash (kombinirlangan) usullarda
anaerob sharoit yaratish mumkin.
Fizik usullar. Kulturani bevosita ekishdan oldin probirkalarni
qaynatish yoki isitish yoʻli bilan (qaynayotgan suv hammomida 15-20
minut
qaynatib, sovuq suv oqimida tezda sovitish yoʻli bilan) quyuq
yoki suyuq oziq muhitidagi kislorod yoʻqotiladi. Kulturani ekib
boʻlgandan keyin qalin oziq muhiti qatlami
ustiga vazelin moyi bilan
parafinning sterillangan aralashmasi quyiladi.
Anaeroblar Petri likopchasidagi yoki probirkalardagi oziqli agarda
oʻstirilgan idishlar anaerostatlarga quyiladi. Anaerostatlar metall yoki
shishadan yasalgan vakuum eksikatorlar boʻlgan, ularda anaeroblar
normal oʻsadi.
Kimyoviy usullar. Anaeroblar oʻstiriladigan muhit yoki idishdagi
erkin kislorodning bogʻlanish
uchun kimyoviy moddalardan
foydalaniladi. Ularning ayrimlari muhitdan tashqarida boʻladi,
boshqalari esa qaytaruvchi sifatida bevosita muhitga qoʻshiladi.
Pirogallolning Na
2
CO
3
li eritmasi, natriy gidrosulfat (ditionit)ning
ishqoriy eritmasi, metall, temir va boshqa reaktivlar kislorodni kimyoviy
yutuvchilar (oʻzlashtiruvchilardir). Kislorodni bogʻlab oluvchi
moddalarning oʻzlashtirish xossasi yuqori boʻlishi kerak. Masalan, 1ml
20% li pirogallol Na
2
CO
3
ning toʻyingan eritmasi bilan aralashgan holda
220 sm havoni kisloroddan tozalaydi.
Biologik usullar. Ba’zi anaeroblarni
kislorod mavjud sharoitda
aeroblar bilan birga oʻstirish mumkin. Buning uchun zich va berk
idishga aerob kultura ekilgan 10-15 ta va anaerob kultura ekilgan bitta
probirka
joylanadi.
Aerob
mikroorganizmlar
kislorodni
jadal
oʻzlashtirib, CO
2
ajratadi va shu bilan anaeroblarning oʻsishi
uchun
sharoit yaratadi. Aeroblarni oʻsayotgan hujayralari kislorodni batamom
oʻzlashtirib boʻlgandan keyingina anaeroblar oʻsa boshlaydi.