38
Sovitgich − uskunasi oziq sterilizatsiyalangandan keyin sovitish
vazifasini bajaradi. Qoplam atrofida vodoprovod suvining devor boʻylab
sirkulyasiyasi yordamida sovitish amalga oshiriladi. Sovitgichlarning
plastinkasimon va qoʻsh trubali issiqlik almashtirish tiplari (trubadan-
trubaga) mavjud. Oziq muhiti truba ichida aylansa, uning ustki qismida
qobiqda sovituvchi suv harakatlanadi.
Issiqlik almashtiruvchi yetarli darajada germetik boʻlishi ya’ni
steril oziqqa suv oʻtmasligi kerak, aks holda oziqqa infeksiya tushishi
mumkin. Uzluksiz sterilizatsiyada sovitgichlar bir qadar yirik va qimmat
turuvchi uskunalar hisoblanadi.
Nazorat savollari
1. Avtoklavning ishlash prinsipi qanday amalga oshadi?
2. Quritish shkafida qancha gradusgacha quritish mumkun?
3. Filtrning turlarini sanang va izoh bering?
4.Turbinali aralashtirgichlar qanday vazifani bajaradi?
5 – amaliy mashgʻulot
Mikroorganizmlarni oʻstirishda foydalaniladigan uskunalar bilan
ishlash
Ishdan maqsad: mikroorganizmlarni oʻstirish usullari va
uskunalari bilan ishlashni oʻrganishdan iborat.
Mikroorganizmlarni aerob va anaerob sharoitda oʻstirish
Mikroorganizmlarni oziq muhitida oʻstirish kultivirlash deb ataladi
(lotincha cultus – oʻstirish degani). Ularni yuza, chuqur ekib, davriy
yoki toʻxtovsiz usullarda, aerob yoki anaerob sharoitda oʻstirish
mumkin. Oʻstirish usuli qoʻllanadigan laboratoriya modellari va
usullariga tubdan ta’sir qiladi. Oʻstirishdagi oxirgi natija: biomassa
toʻplanishi yoki ma’lum metabolit (spirt, kislotalar, antibiotik, ferment,
aminokislotalar va hokazolar) olinishi katta ahamiyatga ega.